Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Seminar -1 JTN

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha 
ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi: 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi; 
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab 
chiqadi va amalga oshiradi; 
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni 
qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga 
oshiradi; 
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy 
etadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy 
adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-
texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda 
ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda 
tahlil qilinishini ta’minlaydi; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini 
belgilaydi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga 
oshiradi va muvofiqlashtiradi; 
bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini 
ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi 
haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi. 
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-
sonli 
Qonuniga
 asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 


(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin