etish tartibi 48-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv kengashi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.
49-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat
bo‘lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga
oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va
takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik
yuklamasini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabatlari
tartibini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy
tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik
tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish
masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini
eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)