- 45 -
Umumiy azotning miqdori - 7,02 dan kam bo`lmagan mimqdorda.
Glutamin kislotani ikki bosqichli uslubda ajratib olish
Bu ishni amalga oshirishda alfa-ketoglutar kislotadan transamilaza yoki
glutamatdegidrogenaza ishtirokida kechadigan quyidagi o`zaro ta`sirlanish
reaksiyalaridan foydalaniladi:
I variant –amnokislotalarning qayta aminlanishi:
Alfa-ketoglutar
kislota
+
aminokislota-----
L-glutamin
kislota+Transamidaza+alfa ketokislota
;
II variant qaytariluvchi aminlanish:
Alfa-ketoglutar kislota + NH
4
+
+
NADH------
L-glutamin kislota+N
2
O+
glutamatdegidrogenaza+NAD
+
Har ikkala holatda alfa-ketoglutar kislota glutamin kislotani biosintezida
dastlabki mahsulot vazifasini bajaradi.
Bu reaksiyalarni amalga oshirish uchun manba sifatida alfa-ketoglutar kislota va
tegishli ferment tizimini bo`lishi talab qilinadi. Ushbuni birinchisini amalga oshirish
uchun arzon xom-ashyodan foydalanib ko`p miqdorda alfa-ketoglutar kislota ishlab
chiqaradigan mikroorganizmlarni tanlash lozim bo`ladi. Alfa-ketoglutar kislotasini
produsenti
sifatida
Pseudomonas
va
Escherichia
lar bo`lishi mumkin, agar bu
maqsadda
Kluyverd citrophila
dan foydalanilsa alfa-ketoglutar kislotaning yig`ilish
chiqimi 57 % ga yetar ekan.
Candida
avlodiga mansub bo`lgan achitqi-zamburug`lar
n-parafinlarda o`stirilganda alfa-ketoglutar kislotani
pirouzum kislota bilan
birgalikdagi aralashmasi 6:1 nisbatda hosil qiladi. Bunda biosintez natijasida
o`zlashtiriladigan karbonvodorodlardan hosil bo`ladigan mahsulotning iqtisodiy
samara koeffisiyenti 90 % ga yetar ekan. Transamidaza
fermenti produsentlari
vazifasini har xil mikroorganizmlar, masalan,
E.coli
bajarishi mumkin.
Aminoguruhning donori sifatida asparagin kislota yoki alanin xizmat qilishi mumkin.
Qaytariluvchi aminlanishni
Pseudomonas
dan foydalanib amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: