- 1 -
M.G.SAFIN, YU.S.RUZIYEV, B.S.ALIQULOV
BIOLOGIK FAOL VA DORIVOR
MODDALAR BIOTEXNOLOGIYASI
“5A420104-Biotexnologiya” mutaxasisligi magistrlari uchun o`quv qo`llanma
Toshkent-2013
- 2 -
ANNOTATSIYA
Mazkur o`quv qo`llanma “5A420104-biotexnologiya” mutaxassisligi magistrantlariga
o`tiladigan “Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi” fani bo`yicha davlat ta`lim
standartlari (DTS) ga va o`quv dasturiga muvofiq tarzda yaratilgan.
Ushbu o`quv qo`llanmada biofaol moddalarning tuzilishi, umumiy xossalari, tasniflanishi,
aminokislotalarni biosintezlash texnologiyasi va sanoat miqyosida ajratib olish istiqbollari,
antibiotiklar, bakterial dori-darmonlar, fermentlarni ajratib olish hamda organik moddalarni
mikrobiologik transformatsiyalash va ularni qaytarilishini amalga oshirish yo`li bilan biofaol
moddalarni ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid ma`lumotlar keltirilgan. Unda
materiallarni o`zlashtirilishini samaradorligini oshirish maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar va
biokimyoviy formulalar hamda tenglamalar keltirilgan bo`lib, ular mavzular matnlari bayoni bilan
uyg`unlashtirilgan.
Ushbu o`quv qo`llanma biolog bakalavrlar, biokimyogar va biotexnolog magistrlar hamda
zamonaviy biotexnologiya faniga oid bilimlarini chuqurlashtirishni xoxlovchi keng kitobxonlar
ommasi uchun mo`ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |