M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 AMINOKISLOTALAR BIOSINTEZI TEXNOLOGIYASI



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
2. AMINOKISLOTALAR BIOSINTEZI TEXNOLOGIYASI
 
Tayanch iboralar
: almashinmovchi aminokislotalar, valin, arginin, gistidin, 
serin, leysin, izoleysin, lizin, treonin, triptofan, fenilalanin, metionin, mikrobiologik 
uslub, D, L -Metionin, D, L -triptofan, indol, nitrosirka efir, L-glutamat, akrilonitril, 
sian, ammiak, L-lizin, siklogeksan, natriy atsetat, enzimatik, D-alfa-kaprolaktam, 
go`sht sanoati qoldiqlari, sut kazeini, bug`doy kleykovinasi, mikrob o`stiriladigan 
suyuqlik, bir bosqichli uslub, ikki bosqichli uslub, aminokislotani maqsadli 
transformatsiyasi. 
2.1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari 
Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab 
chiqarishga alohida e`tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yyetarli miqdorda ishlab 
chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat 
mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoniyatlari paydo bo`ldi. Ratsion tarkibida u 
yoki 
bu 
aminokislotaning, 
ayniqsa 
almashinmaydigan 
aminokislotalarning 
yetishmasligi yoki umuman bo`lmasligi organizmning o`sishi va rivojlanishiga o`ta 
salbiy ta`sir ko`rsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, 
gistidin, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilalaninlar 
kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam 
miqdordagi ulushini qo`shib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga 
oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 
400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 
ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab 
chiqarilmoqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, 
izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga bo`lgan talab yuqori (130 ming 
t) bo`lishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda. 
Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60
% mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar 
ishlab chiqarishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda 
aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqtisodiy jihatdan 
ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining o`zida induvidual 
aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yem-
oziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mumkin bo`ladi. Bugungi kunda metionin, 
glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning 
D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yo`lga qo`yilgan. Zamonaviy 
texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori 
darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin bu uslubning 
kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni ko`p tonnali miqdorda ishlab chiqarishni 
yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Odatda yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib 
olinadigan aminokislotalar faqat L-shaklda bo`lishi shart. Mikrobiologik uslubda 


- 14 - 
ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya`ni mahsulot tarzida ajratib 
olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat bo`ladi. Bu 
aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon 
hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshirish ancha qimmatga tushadi. Tayyor 
mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning bo`lishi maqsadga muvofiq 
emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan o`zlashtirilmaydi, ularning 
ba`zilari esa organizm uchun zaharli bo`ladi. Bu qoidadan glitsin va metionin 
mustasno bo`lib, glitsinning optik izomeri yo`q, metioninning har ikkala izomeri ham 
odam va hayvonlar tomonidan bir xil o`zlashtiriladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin