M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84
1.4. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari
Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan 
biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat bo`lgan asosga fermentlar yoki 
mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsiyalangan holda joylashtirish asosida 
amalga oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez jarayonlarini shu 
yo`sinda tashkil qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning 
hujayralaridan uzoq muddatlarda foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz 
tashkil qilish imkoniyatini beradi. Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib 
sanoat ishlab chiqarishi miqyosida kraxmaldan fruktozani ajratib olish yo`lga 
qo`yilgan. 
Hozirgi 
paytda 
ifloslangan 
oqova 
suvlarni 
tozalash 
va 
immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xo`jalik ehtiyoji uchun 
zarur bo`lgan moddalarni ajratib olish yo`lga qo`yilmoqda. 
Biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan yana biri gen muhandisligi 
asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-produsentlarni yaratish va shu 
asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib 
olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yo`nalishdagi ishlarning yaqqol 
misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, o`sish gormonlari va boshqa biofaol 
moddalarni mikrobiologik sintez yo`li bilan ajratib olinganligini keltirib o`tish 
mumkin. Genetik muhandislik asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, 
jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan organizmlardan bir hujayrali organizmlarga 
ko`chirib o`tkazish orqali amalga oshiriladigan yangi biotexnologik sanoat ishlab 
chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin bo`ladi. 
Biotexnologiyaning rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik o`g`itlar va 
o`simliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va 
kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan 
amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va sellyuloza 
bo`lgan mahsulotlardan va sut mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, 
glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish 
yo`lga qo`yiladi. 
Biotexnologiyaning 
rivojlanish 
istiqbollaridan 
yana 
bir 
yo`nalishi 
adenozintrifosfat (ATF) ni, ya`ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini 
sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu moddani sanoat miqyosida ishlab 
chiqarish hujayrasiz tizimlarda enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy 
sanoat ishlab chiqarishini yo`lga qo`yish imkonini beradi. 
Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta`minlash, qishloq 
xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xo`jaliklarni o`zida yem-oziqa 


- 13 - 
oqsili, yengil o`zlashtiriladigan karbosuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning
boshqa xillarini, shuningdek ikkilamchi yoqilg`i (biogaz), o`g`itlar konservantlar 
ishlab chiqarishni uddasidan chiqadi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin