M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


- 7 -  1.2. Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
 


- 7 - 
1.2. Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish 
Shu narsa ma`lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya nurini chapga 
buruvchi aminokislotalar, ya`ni L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan. Ko`p 
davlatlarda qishloq xo`jalik hayvonlari uchun standart qo`shimcha oziqa sifatida soya 
o`simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda 
sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya`ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug`lar 
o`stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo`lga qo`yildi. Ancha vaqtlardan 
buyon zamburug`larning 
Sacharomyces 
avlodi vakillarini qandli achitish 
qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas olish muhitida o`stirib oziq-ovqat, tibbiy 
preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yo`lga qo`yilgan. Gidroliz sanoatini paydo 
bo`lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so`ng aerob fermentatsiya 
sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo`lga qo`yila 
boshlandi. Bu narsa o`simlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil 
bo`ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini 
beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yish ishlari achitqili 
biomassani karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan 
boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi 
karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga 
moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga sababchi 
bo`ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkanlardan foydalangan holda 
o`stirilgan bo`lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan 
ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo`ldi. Parafinlar asosida 
o`stiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo`lishi mumkin 
ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator 
vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar ko`p bo`ladi, 
ya`ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi. 
Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida 
o`stiriladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo`ladi. Bakterial 
biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomassaning hosil 
bo`lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo`ladi. 
Achitqi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo`yicha standart 
sifatida qabul qilingan soya o`simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari 
tarkibida ham aminokislotalarning to`liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, 
triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko`proq miqdorda uchraydi. 
1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari 
haqidagi ma`lumot keltirilgan . 
1-Jadvaldagi ma`lumotlaridan ko`rinib turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi 
aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo`l bilan olinadigan biomassaning 
tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham 
almashinmaydigan aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari juda yaqin hamda 
ulardan to`la qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani 
tadqiq qilish shuni ko`rsatdi-ki, go`sht va sut ishlab chiqarishga yo`naltirilgan 
chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qo`llash uni texnologik va iqtisodiy 
jihatdan samaraliroq bo`lishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki 
sulidagiga nisbatan o`rtacha 5 marta ko`proq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5 


- 8 - 
marta va triptofan 3 marta ko`proq) bo`ladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy 
jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o`sish omillari uchraydi. Qishloq 
xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara 
beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g`allani iqtisod qilish va qo`shimcha ravishda 
0,8 t cho`chqa go`shti, 5 t parranda go`shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish 
imkonini beradi. Buzoq va cho`chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo`shish 
aholi uchun 6 t sutni qo`shimcha ravishda yyetkazish imkonini beradi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin