M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
3.2. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish 
Odatda mikroorganizmlar aminokislotalarning hammasini ma`lum miqdorlarda 
sintezlash qobiliyatiga ega bo`ladi va bu aminokislotalardan hayotiy jarayonlardagi 
o`zlarining ehtiyojlari uchun zarur bo`lgan maxsus oqsillarni sintezlaydi. Demak har 
bir aminokislotani biosintezlanish tezligi gen darajasida shu aminokislotani sintezi 
uchun mas`ul bo`lgan ferment (repressiya) orqali, shuningdek bu fermentlarning 
o`zlari darajasida, ya`ni hosil bo`lgan aminokislotalarning miqdori oshib ketsa uning 
faolligini o`zgarishi (retroingibirlanish) orqali nazorat qilinadi. 
Mikroorganizmlar 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
aminokislotalar 
biosintezining shu tamoyilda nazorat qilinishi bu aminokislotalarning oshiqcha 
miqdorda hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Demak aminokislotalarni hujayradan 
ajratib olish darajasidagi miqdorda sintezlanishini ta`minlash uchun tizimni izdan 
chiqarib aminokislotani mikrob hujayrasida ko`p miqdorda yig`ilishiga erishish lozim 
bo`ladi. Bu xil mikroblar tabiiy manbalardan ajratib olinadi. Masalan, yovvoyi tip 
shtammlari orasida glutamin kislota, prolin yoki valinni to`playdigan xillari uchraydi. 
Lekin aminokislota produsentlarini seleksiyalashning asosiy yo`li-auksotrof va 
boshqaruvchi mutantlarni ajratib olishdan iboratdir. Auksotrof mutantlarni bakterial 
suspenziya aralashmasiga fizik (ultrabinafsha va rentgen nurlari) va kimyoviy 
(etilenimin, dietilsulfat, nitroetilmochevina) omillarni ta`siridan so`ng selektiv 
muhitda tanlab ajratib olinadi. Bunday mutantlarda fermentni determinatsiyalovchi 
defekt gen paydo bo`ladi-ki, usiz muayyan aminokislotani biosintezi amalga 
oshmaydi. Aminokislotalarning produsentlari-auksotrof mutantlar sifatida faqat 
dastlabki mahsulotning bir xilidan eng kamida ikkita aminokislotani tarmoqli 
ravishda biosintezini amalga oshiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish mumkin 
bo`ladi. Aminokislotalarning biosintezini umumiy sintetik jarayonning birinchi 
fermenti faoliyati darajasida so`nggi mahsulotning hosil bo`lishi orqali 
retroingibirlash yo`li bilan nazorat qilinadi. Bu xil auksotrof mutantlarda muhitda bir 
xil aminokislotalarning ko`p miqdorda bo`lib, ikkinchi aminokislotaning kamligi 
ferment faolligini to`sib qo`ymaydi. Mutagen ta`sir natijasida biosintezi to`sib 
qo`yilgan aminokislota muhitga chegaralangan miqdorda qo`shilishi mumkin. 
Boshqaruvchi mutantlarni tanlashda ular orasidan ajratib olinadigan aminokislota 
analogiga nisbatan barqaror bo`lgan xilini tanlab olinadi. Shu maqsadda tanlab 
olinadigan shtamm (ko`pincha auksotrof) tarkibida karbon manbayi, anorganik tuzlar 
va maqsadli aminokislotaning analogi bo`lgan muhitga ekiladi (kiritiladi). 


- 23 - 
Aminokislotani analogi tabiiy aminokislotani antogonisti bo`lib, mikrobli muhitda 
shu aminokislotani oshiqcha miqdorini imitatsiyalaydi va hujayralarning boshqariluv 
tizimiga ta`sir etadi; natijada u analog oqsilning hosil bo`lishida ishtirok eta olmaydi 
va demak mikrobning keyingi o`sishi to`xtaydi. Bu uslub mutantlardan maqsadli 
aminokislotani hosil qilishni boshqaruvchi tizimni izdan chiqaradi, ulardan ba`zilari 
esa bu aminokislotaning sintezini jadallashtirish va hujayradan ajratish qobiliyatiga 
ega bo`lib qoladi. So`nggi paytda aminokislotalar produsentlarini seleksiyasida gen 
muhandisligidan foydalanish yo`lga qo`yilmoqda va bunda plazmidalarda klonlash 
ishini amalga oshirish yo`li bilan aminokislotalar biosintezi genini dozasi 
oshirilmoqda. Hujayraning gibrid plazmidalarini transformatsiyalab genlarning 
dozasini oshirishga va demak, tegishli aminokislotani biosintezi uchun mas`ul 
bo`lgan ferment miqdorini oshirishga erishiladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin