M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


O`stirish materialini sanoat ishlab chiqarishi inokulyatorlarida yoki o`stirish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
O`stirish materialini sanoat ishlab chiqarishi inokulyatorlarida yoki o`stirish 
apparatlarida ajratib olish 
Bu juda kerakli texnologik jarayon bo`lib, sanoat ishlab chiqarishi miqyosida 
yuqori sifatli produsent biomassali hujayralarni ajratib olish va ularni 
fermentyorlarda o`stirish uchun kerak bo`lgan miqdorda yetkazishni nazarda tutadi. 
Mikroblarni o`stiradigan apparatlardagi, shuningdek asosiy fermentyorlardagi 
jarayonning boshlanishi, ularda sanoat ishlab chiqarishi miqyosida qo`llanaladigan 
shtammlarni o`stirish uchun ko`paytirishni o`z ichiga oladi. Produsentning xiliga 
qarab o`stiriladigan mikrob materialning o`stiriladigan apparatga kiritilishi ancha 
farqli ko`rsatkich darajasida bo`ladi, ya`ni uning miqdoriy ko`rsatkichi 1 dan 20 % 
gacha (odatda 3-5 %) bo`lishi mumkin. Mikrob o`stiriladigan apparatning alohida 
qismlarini konstruksiyasi (aralashtirish uslubi, ko`pikni mexanik so`ndirilishini 
samaradorligi va boshqalar) ga qarab to`ldiriladi, ko`pincha umumiy hajmning 0,5-
0,7 qismini tashkil qiladi. 
Muhitdagi aralashma doimo aralashtirilib turiladi va unga steril havoni bosim 
ostida kiritish yoki turbina aralashtirgichini 300 ayl. tezligi/min hisobida aylantirish 
orqali erishiladi. Produsent mikrobni o`stirishda oziqa muhitini tarkibi o`stiriladigan
shtammning xiliga va asosiy karbon manbayi xiliga bog`liq holda o`zgarishi 
mumkin. Masalan, lizinni ajratib olish uchun kerakli produsentni o`stirish uchun 
zarur bo`lgan oziqa muhitining tarkibi 4-Jadvalda keltirilgan: 
4-Jadval 
Lizinni ajratib olish uchun kerakli produsentni o`stirish uchun zarur bo`lgan 
ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 

Qand lavlagisi chiqindisi (shakarning miqdori bo`yicha) 
7.5 

Makkajo`xori ekstrakti (quruq modda hisobida 50 %) 
2.0 

Ammoniy sulfat 
2.0 

Kaliy fosfat bir almashingan 
0.05 

Kaliy fosfat ikki almashingan 
0.05 

Bo`r 
1.0 

Sintetik ko`pik so`ndirgich 
0.1 

Suv 
Qolgan qism 

Muhit pH 
6.9-7.0 
O`stiriladigan shtammni 28-32 
0
C da 18-24 soat oralig`ida va 1 minutda 1 hajm 
suyuqlikka 1 hajm havo sarflanishi sharoitida o`stiriladi. Jarayonning kechishini 


- 35 - 
boshidan oxirigacha muhit pH ni 7,0-7,2 chegarasida ushlab turiladi. Jarayonning 
nihoyasiga etishini muhit suyuqligini optik zichligi, hamda o`sib yetilgan mikrob 
hujayralarning morfologik belgilariga qarab aniqlanadi. Lizin produsentlarini atsetat 
muhitida o`stirish qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Muhitda atsetatni bo`lishi uch 
karbon kislotalari sikli fermentlari faolligini bo`g`ib qo`yadi, Shu sababli reaksion 
aralashma tarkibidagi substratning miqdoriy ko`rsatkichi 2 % dan oshmasligi kerak. 
Shu sababli uni reaksion muhitga bo`lib-bo`lib kiritiladi. Mikrob biomassasini sanoat 
miqyosida ishlab chiqarishda sirka kislotani ammoniy atsetat bilan birga qo`shib 
ma`lum nisbatlarda muhitga kiritish yaxshi samara beradi, bunda bu nisbatni har xil 
shtammlar uchun eksperimental yo`l bilan alohida aniqlanadi. Bunda sirka kislota
hisobiga sarhisob qilinganda atsetat ionlarining umumiy konsentratsiyasi 1,5-2,0 % 
dan oshmasligi lozim. Hujayralarning o`sishiga ham, lizinning biosintezi uchun ham
substrat sifatida atsetat va engil o`zlashtiriladigan karbonsuv glyukoza yoki saxaroza 
xizmat qilganda eng istiqbolli natijaga erishilgan. Fermentatsiya jarayoni nihoyasiga 
yetganda mikrob o`stiriladigan apparatda faglar, begona mikroflora bo`lmasligi va 
uning 1 ml da titri 10000000000 atrofida bo`lishi kerak. O`stirilgan produsent 
mikrobiologik nazoratdan o`tkazilgandan so`ng, uni sanoat miqyosida amalga 
oshiriladigan ishlab chiqarishda ishlatish uchun tavsiya qilinadi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin