- 37 -
ekan. Bunday reaksion muhitdan foydalanish produsent tomonidan o`zlashtiriladigan
biotinning miqdorini har bir litr muhit suyuqligiga 1mkg ni tashkil qilar ekan, lekin
bunda defisit aminokislotalarning ma`lum darajadagi mutanosibligini e`tiborga olgan
holda ish yuritish lozim bo`lar ekan. Masalan,
Brevibacterium sp 22 L.
shtammidan
6-Jadvaldagi tarkibga ega bo`lgan
ozuqa muhitdan foydalanilganda, treoninning
metioninga bo`lgan nisbati 3:1, tiaminxloridning miqdori-0,04 mg/l, biotinning
miqdori esa 0,05 mg/l bo`lishi kerak. Bunda tizimga uzluksiz uzatilayotgan atsetat 1
mol/l sirka kislota va 0,25 mol/l ammoniy atsetat holatida bo`lishi hamda u shunday
tezlikda uzatilishi kerakki, umumiy atsetat ionining konsentratsiyasi 1,5 % oshmasin.
Jarayonning kechishini 72-soatida lizinning konsentratsiyasi 34 g/l ga yetadi. Lekin
ancha yuqori mahsuldor shtammlardan foydalanish va biosintezni
amalga oshirishni
optimal sharoitlarini tanlab olish real sanoat ishlab chiqarishida aralashmadagi lizin
miqdorini 50 g/l gacha oshirish imkonini beradi. Ko`p lizinni sanoat miqyosida ishlab
chiqarishda foydalaniladigan produsentlari ureaza faolligiga ega bo`lganligi sababli
ularga oziqa manbayi sifatida siydikchilni kiritish ham mumkin bo`ladi. Lekin bunda
har bir shtamm uchun eksperimental yo`l bilan lizinni eng ko`p miqdorda hosil
bo`lishini inobatga olib ish yuritish kerak bo`ladi. Biosintez jarayonini bosqichlarida
uning kechishi uchun shtammlarning xiliga qarab
azot va karbonning nisbiy
konsentratsiyalarida farqli jihatlar mavjudligi aniqlangan. Demak har xil shtammlar
uchun har xil optimum nisbat bo`lishi mumkin ekan. Masalan,
Coryn. Glutamicum 95
uchun C:H nisbati =11:1 optimum hisoblanib, uni oshirganda lizin hosil bo`lishi
oshsa, kamayganda lizinning o`rniga alanin yig`iladi. Fermentatsiya jarayonida
aeratsiyaning yetarli darajada bo`lmasligi sut kislotaning hosil bo`lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: