- 46 -
ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. Sanoat
miqyosida triptofanni ishlab chiqarishni bakterial-shtammlar
yordamida tirozin va
fenilalanin yetishmasligi sharoitida amalga oshirish ham,
L-triptofanni hosil qilish
uchun xizmat qiladigan biosintezni har xil achitqi fermenti tizimidan foydalangan
holda transformatsiyalash orqali ham ajratib olish mumkin.
Triptofanni bir bosqichli biosintezlashda bakteriyalarning sporali shtamm-
mutantlari
Bac.subtilis
yordamidan foydalaniladi va bunda har 1 l reaksion suyuqlik
hisobiga 10 g triptofan sintezlanadi. Triptofanni ikki
bosqichli uslubda sanoat
miqyosida ishlab chiqarish uchun
C.utilis
ning ferment
tizimi yordamida antranil
kislotani L-triptofanga transformatsiyalash orqali amalga oshiriladi va bunda reaksion
muhitda mahsulotning miqdori 6 g/l ga etadi.
L-triptofanni bir bosqichli biosintezlash uslubi
Triptofanni produsentini o`stirish, uni ajratib olish va tozalash,
hamda uning
asosida yem-oziqa va yuqori darajadagi tozalikka ega bo`lgan preparatlarni ajratib
olishga tegishli ishlar amaliy jihatdan L-lizindagi mikrobiologik
ishlab chiqarish
bosqichlaridagini
takrori
hisoblanadi.
Shuning
uchun
asosiy
texnologik
jarayonlarning ba`zi xususiyatlarinigina keltirib o`tish bilan kifoyalanamiz.
Produsentni o`stirishda odatda 8-Jadvaldagi tarkibga ega bo`lgan ozuqa
muhitidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: