M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


L-Glutamin kislotani bir bosqichli uslub yordamida ajratib olish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
L-Glutamin kislotani bir bosqichli uslub yordamida ajratib olish 
Produsentni o`stirish va glutamin kislotasini biosintezini amalga oshirish 
texnologiyasi L –lizinni ajratib olishda qanday texnologik sxemadan foydalanilgan 
bo`linsa, aynan shu texnologik sxemani qo`llash orqali amalga oshiriladi. Shu sababli 
bu o`rinda produsentni o`stirish va biosintezni amalga oshirish borasida ayrim 
farqlanuvchi jihatlarnigina ko`rib chiqish bilan chegaralansa bo`ladi. Produsentni 
o`stirishning har bir bosqichi 24 soat (ishni probirkada amalga oshirishning 
boshlanishidan 
tortib, 
to 
o`stirilgan 
materialni 
ko`paytirish 
qurilmasiga 
o`tkazgungacha bo`lgan vaqt) oralig`ida barcha operatsiyalar aseptik sharoitda olib 


- 43 - 
borilishi lozim. Oziqa muhitini tarkibi bir shtammdan boshqa shtammga o`tishda juda 
kam o`zgaradi va o`stirish materialini olishning oraliq bosqichlarida amaliy jihatdan 
o`zgarmaydi. Faqat produsentni o`stirish apparatida o`stirilganda oziqa muhitiga 0,1 
% steril sintetik ko`pik so`ndirg`ich qo`shiladi. 
Sanoat ishlab chiqarishi uchun xizmat qiladigan 
Coryn.glutamicum
shtammidan 
o`stirish materiali ajratib olishda 7-Jadvaldagi tarkibga ega bo`lgan ozuqa muhitidan 
foydalaniladi.
7-Jadval 
Coryn.glutamicum
shtammidan o`stirish materiali ajratib olishda 
foydalaniladigan ozuqa muhitining tarkibi (% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 


Qand lavlagisi chiqindilari 
8.0 

Makkajo`xori ekstrakti 
0.3 

Ammoniy xlorid 
0.5 

Ikki almashingan kaliy fosfat 
0.05 

Ammoniy sulfat 
0.03 

Suv 
Qolgan qismi 

Muhit pH 
7.0-7.2 
Glutamin 
kislotani 
biosintezlash 
bosqichida 
oziqa 
muhiti 
sifatida 
foydalaniladigan komponentlar yuqoridagi komponentlardan tashkil topgan bo`lishi 
va bunda faqat makkajo`xori ekstrakti va ammoniy sulfat o`rniga 2 % li siydikchil 
ishlatilib, qand lavlagisi chiqindilari miqdorini 20 % gacha oshirish, qo`shimcha 1
% gacha bo`r va 0,1 % gacha ko`pik so`ndirgich qo`shilishini talab qilinadi. 
Biomassani aerob sharoitlarda har litr muhit suyuqligi hisobiga 6-8 g gacha miqdorda 
mutloq quruq modda hisobiga yig`ilishiga erishish uchun produsentni dastlab hajmi 
2 m
3
li inokulyatorda, keyin esa hajmi 5 m
3
li o`stirish apparatida o`stiriladi. Hosil 
bo`lgan mikrobli o`stirish materialini konsentratsiyasi 5-6 % (ishlab chiqarish 
apparatidagi muhit suyuqligi tarkibini umumiy hajmi hisobida) ni tashkil qilganda 
uni asosiy fermentyorga o`tkaziladi. 
Biosintez jarayonini qat`iy aseptik sharoitda apparatning to`lg`azilish 
koeffisiyenti 0,7 bo`lgan, hajmi 50 m
3
li fermentyorda, 48-52 soat davomida va 1 
minutda 1 hajm muhitdagi suyuqlik hisobiga 1 hajm havo sarflanishi inobatga 
olingan jadal aeratsiya (80-85 mg O
2
/(l.m )) li sharoitda amalga oshiriladi. Haroratni 
jarayonning kechishini hamma bosqichlarida doimiy ravishda 28-30 
0
C atrofida 
ushlab turiladi. Biosintetik jarayonning nihoyasida shtamm o`stirilgan suyuqlik 
tarkibida 45 g/l hisobida glutamin kislota hosil bo`ladi. Sarflangan shakarning 
miqdoriga nisbatan hosil bo`lgan glutamin kislotaning miqdori 45-50 % ni tashkil 
qiladi. Glutamin kislotani ajratib olishda uni o`ta toza holda olish nazarda tutiladi va 
keyingi texnologik sxema bu kislotani oziq-ovqat mahsulotlari va dorivor moddalar 
tarkibiga qo`shishni hisobga oladi. Reaksion muhitdan glutamin kislotani ajratib 
olish va keyingi tozalash ishlarini farmakopeya me`yorlari doirasida olib borish 
quyidagi ketma-ket texnologik operatsiyalarni o`tkazishni talab qiladi. 


- 44 - 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin