M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


-Jadval  Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo`lgan reaksion muhitning tarkibi (% hisobida)  №



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
10-Jadval 
Tetrasiklinni ajratib olish uchun zarur bo`lgan reaksion muhitning tarkibi
(% hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 

Makkajo`xori uni 
6.0 

Makkajo`xori ekstrakti 
1.5 

Ammoniy sulfat 
0.6 

Natriy xlorid 
0.4 

Bo`r
0.8 

Suv 
Qolgan qism 
Asosiy fermentatsiya bosqichida ham aynan shu tarkibdagi oziqa muhitidan 
foydalaniladi, faqat vitamin B
12
ni hosil bo`lishini kuchaytirish maqsadida muhitdagi 
reaksion suyuqlikning 1 m
3
hajmi hisobiga 1 g kobalt xlorid qo`shiladi. 
«Ekish» uchun tayyorlangan mikrobning o`stirish materiali fermentyorlarning 
umumiy hajmini 10-15 % qismi miqdorida asosiy fermentatsiyani o`tkazish uchun 
uzatiladi. Ushbu jarayonni sanoat miqyosida o`tkazishning barcha texnologik 
ko`rsatkichlari oldingi bosqichdagi o`stirish apparatidagi tarzda amalga oshiriladi. 
Biosintetik jarayonlarning hamma bosqichlarida aseptik talablarga rioya qilinadi. 
Biosintez jarayoni hamisha amaliy jihatdan ko`p miqdorda ko`pik hosil bo`lishi bilan 
yuz beradi, shuning uchun fermentyorlarning hajmini faqat 50 % gacha to`ldirish 
mumkin bo`ladi. Produsent hujayralarini o`stirib, ko`paytirishni ancha keng 
chegaradagi pH ko`rsatkichi chegarasida amalga oshirish mumkin, lekin 
qo`llaniladigan produsentning xiliga bog`liq holda antibiotikning sintezlanishi va 
yig`ilishi ham har xil bo`ladi. Shu sababli bu ishlarni nazoratini to`g`ri yo`lga 
qo`yish lozim bo`ladi. Jaryonni nazorati pH, harorat va aeratsiya ko`rsatkichlari 
bo`yicha amalga oshiriladi. Oksitetrasiklinning biosintezi 26-28 
0
C da 100-120 soat 


- 54 - 
davomida nihoyasiga yetadi. Dastlab mitselliyning jadal ravishda o`sishi yuz berib, 
bunda muhitda mavjud bo`lgan karbon, azot va fosfor manbalari jadal o`zlashtiriladi 
va buning uchun kuchli aeratsiya talab qilinadi. 
Bu bosqichda amaliy jihatdan antibiotik hosil bo`lmaydi, balki kamroq miqdorda 
pirouzum va sirka kislotalar hosil bo`ladi va aynan shu moddalar keyinchalik 
zamburug` tomonidan tetrasiklinning biosintezi uchun foydalaniladi. Tarkibida 4,5 
% gacha quruq moddaga ega bo`lgan muhitdagi suyuqlik vakuum-bug`latqich 
qurilmasi tomon uzatiladi, u yerda 50-60 
0
C da quruq massasi 12-15 % gacha 
ko`rsatkichga yetgancha bug`lantiriladi. Shu yo`sinda konsentrlangan aralashma 
purkab qurituvchi qurilmaga uzatiladi va quritiladi. Ba`zan bu jarayonni amalga 
oshirishda muhit suyuqligiga bir yo`la yem-oziqaga aralashtiriladigan qo`shimchani 
qo`shib birgalikda quritiladi, o`z navbatida bunday qo`shimcha sifatida qand lavlagisi 
turpi (chiqindisi) ishlatilsa, uni 1 m

suyuqlik hisobiga 250 kg qo`shiladi. 
Terravit -5, -10, -50 lar
Act. rimosus
produsenti o`stirilgan muhit suyuqligining 
quritilgan massasi bo`lib, uning tarkibi muhitda hosil bo`lgan antibiotik va unga 
qo`shimcha qo`shib standartlashtirilgan tayyor mahsulot hisoblanadi. 
Terravit-E produsent o`stirilgan suyuqlikning filtrati bo`lib, uni keyinchalik 
purkab qurituvchi qurilmada quritilgan massa hisoblanadi, filtrlash jarayonida erimay 
qolgan qoldiq quritilgandan so`ng terravit-EO ni olishda asos bo`lib xizmat qiladi. 
Yetarli faollik darajasidagi hamma terravit preparatlari qand lavlagisi turpi yoki 
makkajo`xori uni qo`shib standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot darajasiga 
keltirilgan terravit preparatlari 20 kg og`irlikda qog`oz xaltachalarga qadoqlanadi. Bu 
tayyor mahsulotni qorong`ida, harorati 20 
0
C dan, namligi 75 % dan oshmayligan 
omborxonalarda saqlanadi. Preparatlarni shu sharoitda saqlash muddati 6 oyni tashkil 
qiladi. Biovit ishlab chiqarishda foydalaniladigan sporali material ekish stansiyalarida 
o`stirilib zavodlarga tarqatiladi. Standart talabga muvofiq bu materialning faollik 
ko`rsatkichi 3000 birlik/ml dan kam bo`lmasligi lozim. Shuningdek ishlab chiqarish 
korxonalarida biovitni produsentini dastavval kolbalarda ko`paytirish (1-2 
generatsiya) yo`li bilan 26-28 
0
C da, 24-30 soat davomida tarkibida ( % hisobida) 
don-kartoshka to`poni-40, makkajo`xori ekstrakti-3, un-3 dan tashkil topgan oziqa 
muhitida o`stirib ko`paytirish mumkin. Aralashmani pH ni 30 % li o`yuvchi natriy 
yordamida 6,7-6,9 ko`rsatkichigacha yetkaziladi. O`stirib ko`paytirish apparatiga 
yuqoridagi tartibda tayyorlangan «ekish» materialini 1m
3
muhit suyuqligi hisobiga 
0,7 l miqdorda kiritiladi. Produsentni o`stirishni ham xuddi shu xil tarkibdagi muhitda 
27-28 
0
C da 30-40 soat davomida aeratsiyali va muhitdagi aralashmani doimo 
aralashtirib, steril ko`pik so`ndirgich qo`shib amalga oshiriladi. Xlortetrasiklinni 
asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga oshirishda oziqa muhitini 11-Jadvaldagi 
tarkibidan foydalaniladi.
Aralashma tarkibiga dastlabki modda sifatida 0,0001 % qo`shiladi. Produsentni 
o`stirishni boshlashdan oldin muhitning pH ko`rsatkichini 6,6-6,7 ga olib kelinadi. 
Sanoat miqyosida produsentni o`stirishni yaxshi aeratsiyali sharoitda 60-70 soat 
davomida amalga oshiriladi. Haroratni produsentni ko`payishi va antibiotikni 
biosintezi davomida 26-28 
0
C atrofida ushlab turiladi. Biosintez jarayonini 
nihoyasiga etganini muhitning pH ni 6,9-7,2 ko`rsatkichigacha o`zgarishidan bilib 
olinadi. Hosil bo`lgan dastlabki produsentli suyuqlikga ikki xil uslub asosida qayta 


- 55 - 
ishlov beriladi. Ulardan birinchisi xuddi terravit ishlab chiqarishda qo`llanilgan uslub 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin