M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
6.2. Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi 
Tetrosiklinlar tibbiyot amaliyotida ham, yem-oziqa preparatlari ishlab 
chiqarishda ham keng qo`llanilmoqda. Ular orasida qishloq xo`jaligi uchun sanoat 
miqyosida ishlab chiqariladigan qator preparatlar 7-xlortetrasiklin (1) va 8-
oksitetrasiklin negizida ishlab chiqariladi. Tetrasiklinli antibiotiklar quyidagi 
struktura formulaga ega: 
Bu amfoter birikma bo`lib, kislota va asoslar bilan tuz hosil qilish qobiliyatiga 
ega, pH ning 4,5 dan 7,5 gacha oralig`idagi suvli eritmalarida yomon eriydi, pH 2,0 
dan past va 8,0 dan ziyod bo`lgan eritmalarda yaxshi eriydi. Oksidlovchilar ta`siriga, 
jumladan havo kislorodiga nisbatan ham chidamsiz. Sanoat miqyosida 
xlortetrasiklinni ishlab chiqarishda 
Actinomyces aurufasiens
zamburug`idan, 
oksitetrasiklinni 
ishlab 
chiqarishda 
Actinomices 
rimosus
zamburug`idan 
foydalaniladi. 
Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan xlortetrasiklinning yem-oziqa preparatini 
biovit-20, biovit-40 va biovit-80 tarzida ishlab chiqarmoqda, ularning tarkibida 
o`zaro mos holda har bir 1 kg preparat hisobiga 20, 40, 80 g antibiotik va har 1 g 
preparat hisobiga o`zaro mos holda 3, 5, 8 mkg vitamin B
12
bo`ladi. Bundan tashqari 
preparatlar tarkibida mikroelementlar, oqsil, yog`lar va mineral tuzlar ham bo`ladi. 
Hayvonlarning bir tonna yem-oziqa ratsioni tarkibiga 15-20 g biovit antibiotigini
qo`shish hayvon massasini 30 % ga oshirish, yem-oziqa sarfini esa 5-10 % ga 
kamaytirish imkonini beradi. Antibiotiklar yosh mollarni va parrandalarni jadal 
rivojlanishini, shuningdek oshqozon-ichak va o`pka kasalliklarini oldini olishni 
ta`minlaydi. Bu antibiotiklar keng spektrli antibakterial ta`sir etish kuchiga ega, 
tashqi ko`rinishdan och-jigar rangdan jigar ranggacha bo`ladi. 
Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit E (eruvchi) va terravit EO (yem-
oziqa) shakllarida ishlab chiqariladi. Sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan terravit-5, 
terravit-10 va terravit-50 lar och-jigar rangli, achchiq ta`mli va mog`or hidli 
moddalar bo`lib, tarkibida har 1 kg preparat hisobida o`zaro mos holda 5, 10, 50 g 
toza antibiotik bor. Terravit E-20 mayda jigar rang kukun, 20 birlik/mg faollikka ega; 
terravit E- 40 och-jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor, terrarit EO-
40 o`rta kattalikdagi jigar rang kukun, tarkibida 40 birlik/mg antibiotik bor. 
Antibiotikdan tashqari preparat tarkibiga vitamin B
12 
ham kiradi, lekin uning 
miqdoriy ko`rsatkichi me`yorlanmaydi. Hayvon oziqa ratsionining 1 t siga bor-yo`g`i 
15-20 g antibiotik qo`shib berish, uning og`irligini 10-20 % ga oshiradi, bir yo`la 
shuncha miqdorda yem-oziqani tejalashiga sababchi bo`ladi. Terravit - 5, - 10, - 50 
lar va terravit EO-40 biovit kabi konsentrlangan yem-oziqa bilan birgalikda 


- 53 - 
foydalaniladi. Buzoqlarga va cho`chqa bolalariga yoshligidan boshlab terravit E suvli 
eritma tarzida yoki sutda eritib beriladi. 
7-xlortetrasiklin va 8-oksitetrasiklinlarning yem-oziqa preparatlarini ajratib olish 
texnologiyalari ko`p jihatdan o`xshash, shuning uchun bu masalalarga oid 
ma`lumotlar umumiy jihatdan yoritiladi va ularning ba`zi farqli tomonlarigina 
mukammalroq ko`rib chiqiladi. Oksitetrasiklinning biosintezini amalga oshirganda
o`stirish materiali sifatida xizmat qiluvchi mikrobning sporalari 4-6 
0
C da 3 oygacha 
saqlanadigan xilini tanlab olish kerak bo`ladi. Zavod sharoitida uni harorat 26-28 
0
C
bo`lganda uch karra generatsiyalanadi. Produsentni o`stirishda oldin 750 ml li 
kolbada 200 ml li hajmli oziqa muhitida ikki marotaba aralashtirgich apparatning
160-180 ayl./min tezligida doimo chayqatib turib ko`paytiriladi, keyin esa o`stirish 
apparatiga ko`chirilib unda ko`paytiriladi. Kolbalarda hosil bo`lgan misellial massa 
o`stirish apparatiga 1m
3
aeratsiyalanadigan suyuq faza (1 minutda 1 hajm muhit 
suyuqligiga 1 hajm havo yuborish hisobidagi) ga 700 ml miqdordagi hajmli 
idishlarga kiritiladi. 
Odatda produsentni o`stirish reaksion muhitni 10-Jadvaldagi tarkibda 
tayyorlanadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin