11-Jadval Xlortetrasiklinni asosiy fermentyorlardagi biosintezini amalga oshirishda
foydalaniladigan oziqa muhitini tarkibi (% hisobida)
№ Moddalarning nomi % 1
Don-kartoshka to`poni
10
2
Un (kraxmal ulushi 51 % )
5.0
3
Ammoniy nitrat
0.7
4
Bo`r
0.5
5
Natriy xlorid
0.3
6
Kobalt xlorid
0.0001
7
Ko`pik so`ndirgich
0.2 gacha
Hosil qilingan produsentli suyuqlik 3 % gacha quruq moddaga ega bo`lib, uni
vakuum-bug`latish orqali quruq moddasi 10-12 % gacha konsentrlanadi; bu
konsentratning har bir 1m
3
hajmiga 2-3 kg hisobida konservant-natriy sulfat
qo`shiladi va purkagich quritish moslamasida quritiladi. Agar 1 kg quruq preparat
hisobidagi antibiotik miqdori texnik sharoitdagidan yuqori (odatda u 90-150 g/kg)
bo`lsa, unda olingan mahsulot tegishli miqdorda qo`shimcha qo`shish orqali
standartizatsiyalanishi lozim bo`ladi. Biovitni standartizatsiyalashda qo`shimcha
moddalar sifatida juda maydalangan kepak, yog`sizlantirilgan un, makkajo`xori yoki
soya to`ponidan foylalaniladi.
Ikkinchi uslub asosida ish ko`rganda quyidagi texnologik yondashuvlardan
foydalaniladi:
1. Alohida to`plag`ichdagi produsentli suyuqlikka suvda erigan tetrasiklinni
kalsiyli tuzga o`tkazish maqsadida so`ndirilgan ohak bilan ishlov beriladi. Hosil
bo`lgan cho`kma filtr-pressga uzatiladi.
2. Filtr-pressdan chiqqan cho`kma bunkerga ag`dariladi, u granullanadi va keyin
quritiladi.
3. Quritilgan granulalar trubalar orqali maydalanish uchun uzatiladi. Olingan
mahsulot tegishli tarzda qo`shimcha moddalar qo`shib standartizatsiyalanadi. Biovit
preparatlari 10-20 kg dan ikki qavatli qog`oz xaltachalarga qadoqlanadi. Harorati 25
0
C dan oshmaydigan qorong`i omborxonalarda saqlanadi. Saqlash muddati biovit-
20 uchun 6 oy, biovit-40 va biovit -80 uchun 1 yil.