- 58 -
Bu guruh antibiotiklar tarkibiga ikkita asosli aminokislotalar beta, epsilon-
diaminokapron va streptolidin hamda bitta aminoshakar alfa-D-gulozalin kiradi.
Antibiotikning produsenti
Act. griseus
zamburug`i hisoblanadi. Antibiotik kulrang-
oqish, gigroskopik kukun bo`lib, suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
O`zining kimyoviy xossalariga ko`ra asos hisoblanadi. Grammusbat va grammanfiy
bakteriyalar va mikroskopik zamburug`larga nisbatan faol. Yem-oziqa tarkibiga
qo`shib berganda yosh chorva mollarini o`sishiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi. Toza
grizin preparatining faolligi ancha yuqori, u 1000 birlik/mg ga yetadi. Yem-oziqa
preparati sifatida kormogrizin -5, -10, -40 tarzida ishlab chiqariladi. Bu kukun
holatdagi
Act. griseus
zamburug`ini quritilgan mahsuloti hisoblanib, u sariq
rangdan to`q qo`ng`ir ranggacha bo`ladi va har 1 kg tayyor preparat tarkibida o`zaro
mos holda 5, 10, 40 g antibiotik bo`ladi.
Produsentning dastlabki o`stirish materialini agarlashtirilgan muhitda yoki
bug`doyda o`stirilganini sporali material sifatida saqlanadi. Produsentning o`stirish
materialini ajratib olishda bajariladigan ishlarning ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi.
Produsent kolbalarda silkitib turiladigan sharoitda, ikki generatsiyada o`stiriladi,
bunda harorat 26-28
0
C, davomiylik 24 soat, pH 6,8 dan 7,3 gacha bo`lgan chegarada
bo`lishi talab etiladi. Produsentni o`stirish muhiti tarkibini komponentlari ( %
hisobida): kraxmal-1,5; makkajo`xori uni-2,0; ammoniy nitrat-0,5; natriy xlorid-0,2;
bir almashingan kaliy fosfat-0,02; bo`r-0,3 dan tashkil topgan bo`lishi lozim.
Yuqorida keltirilgan tartibda kolbalarda produsentning 2-generatsiya o`stirish
materiali ajratib olinadi, so`ng uning morfologik holati nazoratdan o`tkazilib, erkin
faglar va begona mikrofloraning yo`qligiga ishonch hosil qilinadi hamda bu material
0,1 % miqdorda ekish apparatiga o`tkaziladi (generatsiyaning 3-bosqichi). Ekish
apparatidagi oziqa muhiti komponentlari o`stirish kolbalaridagini aynan o`zi, lekin
makroelement sifatida unga 0,05 % magniy sulfat hamda 0,2 % gacha steril ko`pik
so`ndirgich qo`shiladi. Jarayonni doimo aralashtirish va aeratsiya (1 minutda 1 hajm
muhitga 1 hajm havo yo`naltirish) sharoitida amalga oshiriladi. Jarayonni o`tkazish
sharoiti harorat, muhitning pH ko`rsatkichi va mahsulotni ajratib olishdagi
davomiylik ko`rsatkichlarini hammasi xuddi produsentni kolbalarda o`stirishdagi
kabi amalga oshiriladi. Sanoat ishlab chiqarilishi asosida tayyor mahsulotni ishlab
chiqarishda ham jarayon aynan shu yo`sinda davom ettiriladi, lekin muhitdagi ba`zi
komponentlarni miqdorini biroz o`zgartiriladi. Masalan ( % hisobida), kraxmalning
mikdorini 1,8 gacha kamaytiriladi, bo`rning miqdorini 0,5 % gacha ko`paytiriladi.
Jarayonning davomiyligi antibiosintezi evaziga 50-60 soatgacha uzaytiriladi.
Produsentli suyuqlikni vakuum-bug`latkichda 50
0
C dan oshmay o`tkaziladi. Bunda
antibiotikning produsentli suyuqlikdagi miqdoridan 15 % gina yo`qolishiga yo`l
qo`yiladi. Konsentrat purkab qurituvchi qurilmada quritiladi va bunda antibiotikning
11 % gacha yo`qolishiga yo`l qo`yiladi hamda 1 tonna konsentratdan 100 kg quruq
mahsulot ajratib olinadi. Kormogrizinning tayyor preparatlari yuqorida keltirilgan
qo`shimchalar yordamida standartlashtiriladi va bunda uning faolligini me`yoriy
chegarada bo`lishiga e`tiborni qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: