M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Trixotsetinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
 
6.7. Trixotsetinni ajratib olish texnologiyasi
Trixotsetin antibiotigi tarkibida kislorod tutuvchi birikmalar jumlasiga kiradi. U 
fungisid faollikka ega bo`lgan va toksikligi kam birikmadir. Uning empirik formulasi 
C
19
H
24
O
5
, struktura formulasini quyidagicha: 
yozish mumkin. 
Trixotsetin izokarton kislotasining to`yinmagan trixotekolon spirti bilan hosil 
qilgan murakkab efiri hisoblanadi. Suvda kam eriydi, organik erituvchilarda yaxshi 
eriydi, haroratga nisbatan va kislotalarga nisbatan chidamli. Bu antibiotikning 
produsenti mog`or zamburug`i
Trichothecium roseum L
hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish sharoitida zamburug`ni bir necha bosqichlarda o`stirib ko`paytiriladi: 
dastavval kolbalarda, keyin ekish kolbalari va ekish apparatida. O`stirib ko`paytirish 
uchun kerakli materialni olishning hamma bosqichlarida bir-xil oziqa muhitidan 
foydalaniladi, uning takibi ( % hisobida): shakar-1,0; makkajo`xori ekstrakti-1,0; 
ammoniy sulfat-0,12; ikki almashingan kaliy fosfat-0,1 dan tashkil topadi. O`stirib 
ko`paytirishni pH 5,0-5,2 chegarasida va haroratni 24-26 
0
C da olib borilib, uning 1- 
va 2-generatsiyalarini davomiyligi 1,5-2 kunni tashkil qilishi lozim. 
Kolbada o`stirilgan miеsellial massa muhit hajmini 1-3 % ni tashkil qilib,
mahsulot ajratib olishda ekish apparatiga o`tkaziladi. Ekish apparatida o`stirganda 
ham bu jarayonni 24-26 
0
C da, aralashmani doimo aralashtirib turib va aeratsiyali (1 
minutda 1 hajm muhitga 1 hajm havo yuborish) sharoitda amalga oshiriladi. Asosiy 
fermentyorga bu materialni muhitning umumiy hajmini 10 % gacha hajmida etib 
ko`chiriladi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun oziqa muhitini quyidagi tarkibidan 
foydalaniladi ( % hisobida): makkajo`xori uni -1; glitserin-1; bir almashingan yoki 
ikki almashingan kaliy fosfat-0,24; kaliy nitrat yoki ammoniy sulfat-0,06; kalsiy 
karbonat va magniy xloridlardan - 0,2 dan; kashalot yog`i-0,1; qolgani suv. Muhit 
suyuqligi pH ni vaqti-vaqti bilan xlorid kislota yordamida titrlab turish asosida 5,3-


- 62 - 
5,6 atrofida ushlab turiladi, boshqa barcha sharoitlar yuqorida keltirilgan sharoitlarni 
aynan o`zi hisoblanadi. Biosintez davomiyligi 64-90 soatni tashkil qiladi. Jarayon 
shakarning konsentratsiyasi 0,1-0,2 % ga pasayganda, muhit pH 6,4-6,8 gacha 
ko`tarilganda, suyuqlikdagi antibiotikning faolligi 300-400 mkg/ml bo`lganda 
nihoyasiga yetdi deb hisoblanadi. Suyuqlik mitseliy va undagi muallaq moddalardan 
xolis bo`lish uchun filtrlanadi, filtratdan esa xloroform yordamida ekstraksiyalash 
yo`li bilan antibiotik ajratib olinadi. Bu bosqichda 1 m
3
eritma hisobiga 40 l 
xloroform sarflanadi. Bu uslub bo`yicha aralashma tarkibidagi trixotsetinning 85 % 
ni ajratib olish mumkin bo`ladi. Ekstraktni vakuumda bug`lantiriladi, so`ng 1 kg 
antibiotik hisobiga 10 l etanol qo`shib aralashtiriladi va pasta tayyorlash uchun 
yo`naltiriladi. Uni spirtli konsentratni emilgator OP-7 va kaolinlarni 1:0, 6:8,5 
nisbatda aralashtiriladi. Hosil bo`lgan pastani 65-70 
0
C da quritiladi. Tayyor 
mahsulotni 4 qavatli qog`oz xaltachalarga 2-5 kg dan etib qadoqlanadi. 
Tayyor preparat oq-sarg`ish rangli, tarkibida 10 % trixotesin, 3 % emulgator 
OP-7 va 87 % kaolindan tashkil topgan bo`ladi. 
Trixotsetin tamaki, bodring, mevali daraxtlar, tok va g`allasimonlarning har xil 
kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladi. Uning 0,001-0,002 % li eritmasidan 
foydalaniladi. Shu yo`sinda bug`doy urug`iga ishlov berish, uning hosilini 25-30 % 
ga oshiradi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin