7.2. Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi Sanoat ishlab chiqarishi bo`yicha ishlab chiqariladigan mikrob preparatlari
orasida bakterial preparatlar keng tarqalgandir. Ular hashoratga nisbatan verulentligi,
atrofdagi flora va faunaga beziyonligi, zararkunandaga ancha tez ta`sir etishilari
jihatidan ajralib turadi.
Shu paytgacha tadqiq qilingan entomopatogen bakteriyalar orasida keng
qo`llanilishi nuqtai nazaridan grammusbat bakteriya
Bac. thuringiensis ni keltirib
o`tish mumkin. Bu bakteriya hashorat ichiga kirgandan so`ng, u hashoratni karaxt
qilib qo`yadigan sporalar hosil qilishdan tashqari, o`sish jarayonida qator toksik
birikmalar ishlab chiqaradi, bu birikmalarining bo`lishi esa, muayyan bakteriyalar
negizida ishlab chiqariladigan preparatlarning samaradorligini oshiradi. Bakteriyalar
tomonidan ishlab chiqariladigan toksik preparatlar orasida quyidagi to`rt xil
komponentni alohida ko`rsatib o`tish mumkin:
1.
Alfa-ekzotoksin , yoki fosfolipaza S-bakteriyalarning o`sayotgan hujayralarini
mahsuloti.
Bu
fermentning
toksik
ta`siri
hashoratlar
to`qimalaridagi
almashinmaydigan fosfolipidlaning parchalanishini indusirlaydi va bu narsa o`z
navbatida modda almashinuvini izdan chiqaradi, eng so`nggida esa hashoratning
o`limiga olib keladi;
2.
Beta-ekzotoksin , yoki termostabil toksin. Bakteriyani o`stirish suyuqligida
hujayravni o`sishiga mos holda yig`iladi. Toksin tarkibiga o`zaro teng nisbatda
adenin, riboza va fosfat kislota kiradi. Beta-ekzotoksinni nukleotidning riboza va
glyukozaning allosliza kislotasi bilan birgalikdagi birikmasi deb taxmin qilinadi.
Uning ta`siri, aftidan ATF bilan bog`liq holdagi RNK-polimeraza va
nukleotidazalarning ingibirlanishi tufayli RNK sintezining to`xtab qolishiga
bog`liqdir. Toksinning hashoratga ko`rsatadigan ta`sir spektri juda keng, ayniqsa
uning rivojlanishini dastlabki davrida
Bac. thuringiensis ishlab chiqaradigan boshqa
toksinlarga qaraganda uning ta`siri sekinroq bo`ladi va odatda hashoratning bir
rivojlanish davridan boshqasiga o`tishda yuz beradi. Ko`p to`liq rivojlanish davri :
tuxum - lichinka - qurt – g`umbak – kapalak sikliga ega bo`lgan hashoratlar uchun
- 64 -
subletal dozali zaharlanishlar qayd qilingan. Hashoratlarning rivojlanish bosqichlari
bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar, beta-ekzotoksinni mutagen ta`sirga ega ekanligini,
u hashoratlarni gen apparatini ishdan chiqarishini tastiqlaydi;
3.