M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Entomopatogen bakteriyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
 
7.3. Entomopatogen bakteriyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
O`stirish suyuqligida hujayralarning maksimal titriga erishish va toksinning 
yig`ilishini ta`minlash uchun produsentni chuqur o`stirishni hisobga oladi. Sanoat 
miqyosida ishlab chiqariladigan shtammlar yuqori talablarga javob beradigan bo`lishi 
lozim, chunki so`nggi mahsulotning sifat ko`rsatkichi ularga bog`liq bo`ladi. Bu 
talablar jumlasiga: shtammlarning qaysi serotipga mansubligi, yuqori darajadagi 
ta`sirchanligi va katta hajmda o`stirilganda mahsuldorligini saqlanishi, ketma-ket 
keladigan bosqichlar orqali mahsulotni ajratib olish jarayonlarida uning faolligini 
saqlanishi va preparatdan foydalanishning samaradorlini kiradi. 
Bac. thuringiensis
entomopatogen shtammini sanoat miqyosida ishlab chiqarishda bu mikrobning 
fagolizisini oldini olishdagi qiyinchiliklarga duch kelinadi. 
Bac. thuringiensis
asosida
ishlab chiqariladigan bakterial entomopatogen preparatlarning hammasini bir xil 
texnologiya bo`yicha ishlab chiqariladi. Quyida bu texnologiya entobakterin 
misolida ko`rib chiqiladi. Texnologiya mikrobiologik ishlab chiqarish amaliyotini 
hamma bosqichlarini xususan: mikroorganizmlarni chuqur uslub asosida o`stirish, 
«ekish» materialini laboratoriya sharoitida va o`stirish apparatida o`stirib 
ko`paytirish, katta hajmdagi fermentyorlarda o`stirish, mikrobli suyuqlikni 
konsentrlash, quritish, standartlash va tayyor mahsulotni qadoqlash ishlarini qamrab 
oladi. Sanoat korxonasida ishlab chiqarish shtammi 
Bac. thuringiensis var. galleriae
ni go`sht-peptonli agarga «ekiladi» va uni erkin fagning mavjudligi, mahsuldorligi va 
verulentligi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi. «Ekish» materialini olishda dastlab 3 l li 
kolbada titri 1ml da 17 mlrd spora hosil bo`lgunga qadar o`stiriladi, uni o`stirish 
apparatiga hajm bo`yicha 0,05 % miqdorda o`tkazib, 1 minutda 1 hajm muhit 
suyuqligiga 0,2 l hajm aeratsiyali havo berish sharoitida o`stiriladi. O`stirish materiali 
yuqorida keltirilgan titr darajasiga yetkazilib, muhit suyuqligining 0,0012 %
hajmidagi miqdorda fermentyorga o`tkaziladi. Hamma bosqichlarda harorat 
ko`rsatkichini doimiy (28-30 
0
C) bir xilda ushlab turiladi. Fermentatsiya jarayonini 
davomiyligi ekish apparatida ham fermentyorda ham bir xil, ya`ni 35-40 soatni 
tashkil qiladi. Agar ekish materialini sporalar tarzida ajratib olinsa, ishlab 
chiqarishning hamma bosqichlarida bir xil tarkibli oziqa muhitidan foydalaniladi. 
Odatda u achitqili-polisaharidli muhit bo`lib, tarkibi ( % hisobida): yem-oziqa achitqi 
– 2-3; makkajo`xori uni-1-1,5; kashalot yog`i-1,0 dan tashkil topadi. Agar ekish 
materialini o`stirishda uni spora hosil qilish darajasigacha yetkazish shart bo`lmasa, 
unda fermentyordagiga nisbatan ekish apparatida o`stirganda ancha kuchliroq 
konsentrlangan muhitdan foydalaniladi. Muhitning tarkibiga bog`liq holda asosiy 
fermentatsiyaning parametrlari ham o`zgarishi mumkin, xususan aeratsiya 1 minutga 
1 hajm muhitga 1 hajm havo darajasigacha oshirilishi mumkin. Bundan tashqari 
foydalaniladigan oziqa muhitining tarkibi hosil bo`lgan sporalar va kristallarning 
o`zaro nisbatiga ta`sir etishi mumkin. Masalan, bir xil sharoitda ish yuritganda, ya`ni 
fermentatsiya sharoitlari bir xil, lekin oziqa muhiti ( % hisobida): texnik glyukoza-


- 66 - 
0,7; makkajo`xori ekstrakti-4; natriy xlorid-0,2 bo`lganda, sporalarning kristallarga 
bo`lgan nisbati 1:1 bo`lsa, oziqa muhiti ( % hisobida): makkajo`xori ekstrakti-4; 
kepak-2 bo`lganda bu nisbat 1:1,7 ni tashkil qilar ekan. Fermentatsiyani 
boshlanishida muhitning pH boshqarilmaydi, muhit komponentlarini hammasini 
qo`shganda qancha bo`lsa shu ko`rsatkichda turadi, u ko`pincha 6,3 ga teng bo`ladi. 
Jarayonning nihoyasida u 8,0-8,5 gacha oshadi. Muhitning tabiiy tarzda asosli 
xossani namoyon qilishi hosil bo`lgan kristallarning mayda fragmentlarga 
bo`linishiga olib kelishi mumkin, bu esa ularni keyingi bosqichlarda ajratib olish
texnologiyasini qiyinlashtiradi. Shu sababli mahsulotli suyuqlikka keyingi ishlov 
berishdan oldin pH 6,0-6,2 gacha nordonlashtiriladi. Jarayonni sporulyasiyasi 90-95
% bo`lganda va sporalarning titri 1 ml da 10 mlrd dan kam bo`lmaganda nihoyasiga 
yetdi deb hisoblanadi. Uni alohida katta hajmli idishga yig`iladi, suyuqligini esa, 
yana bir yoki ikki marta qaytadan oziqa muhiti tayyorlashda foydalanish mumkin. Bu 
suyuqlikni ko`p marta ishlatib bo`lmaydi, chunki unda mikrobni o`sishini 
tormozlovchi moddalar yig`ilib qoladi. Lekin undan yem-oziqa achitqi ishlab 
chiqarishda foydalanish mumkin bo`ladi. Shu asnoda ish yuritish ishlab chiqarish 
oqovalari hajmini kamaytirish, suv sarfini kamaytirishga sababchi bo`ladi va natijada 
jarayonning iqtisodiy samarasini oshiradi. Sanoat ishlab chiqarishini nihoyasida va 
mahsulotlarni ajratishda kristallar va sporalarning hujayra po`stloqlaridan ajralishi 
yuz berishi mumkinligi tufayli, yig`ilgan pastani undagi spora va kristallardan bir xil 
massa hosil bo`lishiga erishish maqsadida 30 minut davomida yaxshilab 
aralashtiriladi, hamda uning titrini, namligini, verulentligini, tarkibida fagning bor-
yo`qligini tekshirish uchun namunalar olinadi. Shu yo`sinda hamma talablarga javob 
beradigan pastadan entobakterin preparati olinadi. So`nggi tayyor mahsulot 
ho`llanadigan kukun yoki stabillashtirilgan pasta holida bo`lishi mumkin. Kukun 
pastani oldindan namlab keyinchalik purkagichli quritqichda 10 % li namlik 
darajasigacha quritiladi va titri 1 g da 30 mlrd spora bo`lgunga qadar kaolin qo`shib 
standartizatsiyalanadi. Tayyor mahsulot 4-qatlamli xaltachalarga 20 kg dan etib 
qadoqlanadi. Stabillashtirilgan pastaga karboksimetilsellyuloza (KMS) qo`shiladi. 
KMS molekulalari oqsil kristallari va sporalarni sorbsiyalaydi, ularni manfiy 
zaryadlaydi, bu narsa faollikni pastaning butun hajmi bo`ylab tekis taqsimlanishi
konservantni ham bir xil zichlikda bo`lishiga olib keladi. Shu holatda preparatning 
saqlash muddati uzayadi. Tayyor mahsulot yopishqoq konsistensiyali oqish-sarg`ish 
yoki och-kulrang rangli, sochilib ketmaydigan, saqlash jarayonida muzlamaydigan, 
hidsiz, chirimaydigan, bir xil massali preparat hisoblanadi. 
Preparat bog`lar, poliz ekinlari, o`rmon daraxtlari zararkunandalariga qarshi 
kurash 
uchun 
mo`ljallangan. 
Preparat 
60 
dan 
ziyod 
o`simliklarning 
zararkunandalariga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Uni hashoratlar faol 
oziqlanadigan vaqtda suvli emulsiya tarzida o`simlikka purkaladi. Noqulay ob-havo 
sharoitlari (yomg`ir, haroratning past bo`lishi, quyosh radiasiyasi yuqori bo`lganda) 
da konsentratsiyani ikki marta oshiriladi. Odatda zararkunandalar 2-10 kun oralig`ida 
o`ladi. Poliz ekinlari ekilgan 1 ga maydonga 1-3 kg, bog`li maydonga-3-5 kg sepiladi. 
Entobakterindan foydalanish natijasida 1 ga maydondan yuqoridagi tartibda o`zaro 
mos holda poliz ekinlaridan 50 s va bog`li maydonlardan 5 s qo`shimcha hosil olish 
mumkin bo`ladi. 


- 67 - 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin