- 69 -
hisoblanib, titri 1 g da 80 mlrd hujayraga teng bo`ladi. Letal konsentratsiya LK-50
(test-hashoratning 50 % gacha nobud bo`lishini ta`minlovchi doza) aniqlangandan
keyin kukun tegishli miqdorda koalin qo`shib standartizatsiyalanadi.
Zamburug`ni yuza qismli uslubda ko`paytirish orqali boverin ajratib olish
texnologiyasi uning oziqali suyuqlikdagi sporali pardasidan ajratib olishga
asoslangan bo`lib, uzoq muddatli va juda qiyin amalga oshirilganligi sababli
cheklangan ahamiyatga egadir. Quyida bu jarayonni sanoat va yarim sanoat
miqyosida amalga oshirishning ba`zi jihatlari haqida mulohaza yuritiladi.
Zamburug`ni yuza qismli ko`paytirishda
ham suyuq oziqa muhitidan, ham yarim
suyuq oziqa muhitidan foydalaniladi, bu muhitlarda zamburug` yaxshi o`sadi. Uning
mikrobiologik ishlab chiqarilish jarayoni sporali parda hosil bo`lishi bosqichida
yakunlanadi. Sporali pardani yig`ib olinadi, quritiladi, maydalanadi va zarurat bo`lsa
tegishli miqdorda qo`shimcha qo`shib standartizatsiyalanadi. Boverin ishlab
chiqarishda zamburug`ni quyidagi uslublar yordamida o`stiriladi:
- zamburug`ni suyuq muhitda avtoklavsiz, aralashtirmasdan, aeratsiyasiz;
- qattiq va suyuq avtoklavlangan muhitlarda aralashtirmasdan va aeratsiyasiz;
- zamburug`li pardani kombinatsiyalangan uslubda o`stirish.
Dastlabki ikki uslub zamburug`ni har xil o`simlik substratlari-qishloq ho`jalik
mahsulotlarini qoldiqlarida o`stirishga asoslangan. Zamburug`ni o`stirish uchun
kerakli bo`lgan optimum harorat 18-28
0
C bo`lganligi sababli bu ishni janubiy
xududlarda tashqi muhitning haroratida olib borish imkoniyati bor.
Zamburug`ni
suyuq muhitda avtoklavsiz, aralashtirmasdan, aeratsiyasiz
oldindan sterilizatsiyalamay o`stirganda, uni qaynash haroratigacha qizdiriladi, ichi
polietilen plyonka bilan qoplangan yog`och karkasga to`kiladi. Shu yo`sinda
tayyorlangan oziqa muhitini 35-40
0
C gacha sovitib unga quruq sporalarni
«ekiladi». Karkasni usti polietilen plyonka bilan yopib qo`yiladi va uni muhitda
sporali parda hosil bo`lgandan keyin ochiladi. Oziqa muhiti sifatida har xil
qaynatmalardan foydalaniladi, masalan qand lavlagisi, kartoshka, oshqovoq, don, un
qaynatmalari. Zamburug`ni avtoklavlangan qattiq va suyuq muhitlarda
aralashtirmasdan va aeratsiyasiz sharoitda o`stirilganda
har xil hajmlarda
joylashtirilgan kartoshka, sabzi, makkajo`xori, tarvuz po`chog`i, ba`zan bug`doy va
makkajo`xori urug`idan tashkil topgan qattiq-atala-agar tizimidagi oziqa muhitini
112
0
C da 40 minut va suyuq-atala tizimidagi 7 % shakarli oziqa muhitini 110
0
C da
20 minut davomida tutib turiladi. Steril substratga quruq spora yoki uning
suspenziyasini kiritiladi va ekish materialini tekis tarqalishiga erishish uchun
yaxshilab aralashtiriladi va tashqi muhitning 18-23
0
C haroratida qoldiriladi. Quruq
substratlarda konidiosporalarning hosil bo`lishi 12-15 sutkada nihoyasiga etadi.
Zamburug` substrat qoldiqlari bilan birgalikda yig`ib olinib 25-28
0
C da stellajlarda
quritiladi. Tayyor mahsulotni hosil bo`lishi materialni mayda kukun darajasigacha
yetkazish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Suyuq substratlarda sporalarning hosil bo`lishi
7-10
kunda kuzatiladi, 18-25 kundan keyin esa, sporali pardani yig`ib olinadi. Uni
shisha ustida quritiladi, yig`iladi, maydalanadi va torf yoki talk bilan aralashtiriladi.
Bu xilda ishlaydigan sexning ish unumi 1 oyga 750-800 kg mahsulot bo`lib,
sporalarning titri 1 g hisobiga 1,5*10 mlrd ni tashkil qiladi. Unumi ko`proq bo`lgan
uslub kombinatsiyalangan uslub bo`lib, u o`z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- 70 -
- g`allasimonlarning donida dastlabki o`stirish materialini yetishtirish;
-
inokulyatni (zamburug` sporalarini) kolbalarda suyuq oziqa muhitida 12-17
soat davomida o`stirish;
- fermentyorda zamburug`ning vegetativ namunasini aeratsiyali va aralashtirib
turish sharoitida 22-28 soat davomida o`stirish va yig`ish;
- zamburug`li suyuqlikni kyuvetalarga ko`chirish va sporali parda hosil qilish;
- sporali pardani yetiltirish, yig`ib olish va quritish;
- preparatni koalin qo`shib standartizatsiyalash.
Zamburug`ni o`stirishda quyidagi oziqa muhitidan foydalaniladi ( % hisobida):
qand lavlagisi chiqindisi-6; makkajo`xori ekstrakti-1; magniy sulfat-0,05; bir
almashingan kaliy fosfat-0,2. Zamburug`ni o`stirishni 24-26
0
C da amalga oshiriladi.
Konidiyalarning titri inokulyasiya bosqichida ekish materialini 1 ml ga 0,5-2 mln ni
tashkil qiladi. Asosiy fermentyorda ekish uchun mo`ljallangan inokulyatning miqdori
muhitning 2-4 % ni tashkil qilishi kerak. Bunda ajratib olingan tayyor suyuqlikning 1
ml da 50-100 mln hujayra bo`ladi. Zamburug`larni kyuvetalarda o`stirilganda 16-18
soatda zamburug` pardasi hosil bo`lsa, 3-4 kunda spora hosil bo`lishi yuz beradi va 4-
5 kunlarda esa yoppasiga konidiyalarni hosil bo`lishi kuzatiladi. Bu paytda
zamburug` pardasi yig`ib olinib, quruq muhitli kyuvetalarga ko`chiriladi, qopqoq
bilan yopilib, konidiyalarning yetilishi uchun 2-3 kunga qoldiriladi. Undan keyin
zamburug`li parda 28
0
C da havo oqimida quritiladi. Quruq zamburug`li parda
polietilen xaltachalarda 18-20
0
C da saqlanadi. Boverinni tayyorlashdan oldin
sporali
material sharli tegirmonda maydalanadi va elakdan o`tkaziladi. Mahsulotning titri
aniqlanadi va 15-20 minut davomida kaolinning tegishli miqdori bilan qo`shib
aralashtiriladi. Tayyor mahsulot tarkibida 1 g hisobida 1,5 mlrd konidiospora bo`ladi.
Boverinni meva bog`larining barglarni kemiruvchi zararkunandalariga qarshi
ishlatiladi. Boverin kolorada qo`ng`izini lichinkalariga qarshi kurashda ham yaxshi
samara beradi. O`simliklarga ishlov berishda bu preparatni purkab sepiladi.
Preparatni zaharli kimyoviy moddalar bilan aralashtirishni qo`llashdan 2 soat oldin
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: