M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Ferment produsentlarini o`stirish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
 
8.3. Ferment produsentlarini o`stirish 
Ko`p mikroorganizmlar nisbatan oddiy va arzon oziqa muhitida o`sish 
qobiliyatiga ega. Mikroorganizmlarning fermentlarni biosintezlash qobiliyatlarini 
oshirish yo`lida seleksiya olib borish yo`li bilan mahsuldor mutantlarni ajratib olish 
imkoniyatlari bor. O`sayotgan produsentga ta`sir ko`rsatib fermentlar biosintezini 
texnologik uslublar yordamida boshqarish mumkin. Hujayralar tomonidan 
sintezlanadigan fermentlarning tarkibi va miqdori muayyan organizmning irsiy 
xususiyatlariga bog`liq, har bir hosil bo`ladigan oqsilning tuzilmasi tegishli gen 
tomonidan belgilangan bo`ladi. Shu bilan birga gen irsiyat birligi sifatida tashqi 
muhit ta`sirida, shuningdek sun`iy tavsifli yo`naltirilgan mutatsiyalarni keltirib 
chiqarish yo`li bilan bo`linishi va parchalanishi orqali o`zgarishlarga duch kelishi 
mumkin. Sanoat miqyosida ahamiyatli bo`lgan mutantlarni ajratib olishda bu ishni 
ionlangan va ionlanmagan nurlanishlar, izotoplar, aktinofaglar, antibiotiklar
hujayraning irsiy elementlarini kuchli ravishda o`zgartiruvchi kimyoviy moddalar
kabi mutagen omillardan foydalangan holda seleksiya yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Mikrob tomonidan fermentlarni biosintezini amalga oshirilishida genetik omil va 
muhitda karbon,azot, fosfor va boshqa elementlarning bo`lishi shartligidan tashqari 
muayyan fermentni yoki fermentlar guruhini sintezida muhim rol o`ynovchi induktor 
yoki repressorlarning bo`lishi ham talab qilinadi. Bu hodisaning mexanizmi hali 
to`liq o`rganilmagan bo`lsada, biotexnologlar tomonidan u maksimal ravishda 
hisobga olinishi lozim. Bu sohada ortdirilgan tajribaga asosan ko`p misollarni keltirib 
o`tish mumkin. Lipaza fermenti deyarli 
Asp. awamori
tomonidan muhitda 


- 79 - 
induktorsiz sintezlanmaydi, muhitga kashalot yog`ini kiritish bu fermentning 
biosintezini yuzlab martaga oshiradi. Zamburug`ning xuddi shu turi muhitga kraxmal 
kiritib, mineral fosfordan xolis qilganda jadal ravishda boshqa ferment-fosfatazani 
sintezlaydi. Fermentning ko`p miqdorda hosil bo`lishi faqat induktorgagina emas, 
balki optimal oziqa muhitini tanlash va jarayonni optimal sharoitda olib borishga ham 
bog`liq bo`ladi. Bu omillarni ahamiyatini namoysh qilish uchun 
Asp. oryzae
tomonidan kraxmalning–induktorligida alfa-amilaza biosintezini amalga oshishini 
misol qilib keltirish mumkin. Quyida alfa-amilazaning biosinteziga oziqa muhitining 
tarkibini ta`siriga oid ma`lumotlar keltirilgan: 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin