M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Fermentlar produsentlarini muhitning yuza qismida o`stirish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Fermentlar produsentlarini muhitning yuza qismida o`stirish. 
Yuza qismida 
o`stirish uslubida produsentni o`stirish produsentni qattiq namlangan oziqa muhiti 
yuzasida amalga oshiriladi. Bunda mitselliy qattiq zarrachalarni to`liq o`rab oladi va


- 84 - 
ular bilan barqaror birikkan bo`ladi hamda produsent nafas olish uchun havo 
kislorodidan foydalanganligi sababli oziqa muhiti yupqa va yumshoq bo`lishi talab 
qilinadi. Bu narsa o`z navbatida yumshoq muhitni havo bilan kontaktini ta`minlash 
uchun yuzaning katta bo`lishiga erishishni talab qiladi va bunda mexanizatsiyani 
qo`llash qiyinlashib,qo`l mehnatini ko`p qo`llanishi lozim bo`ladi hamda shu sababli 
bu narsa harajatni oshishiga olib keladi. Masalan, ikki kun davomida bug`doy 
kepagida o`stirib 1 t mog`or zamburug`lari produsentini ishlab chiqarish uchun 
zavod 1000 dan ziyod kyuvetalarda zamburug`ning konidiyalarini oziqa muhitiga 
yupqa qilib yoyib chiqish talab qilinadi. Yuvish, sterilizatsiya, kyuvetalarni sex ichi 
bo`ylab ko`chirish, ularni to`ldirish va bo`shatish ishlari mexanizatsiyadan 
foydalanishning cheklanganligini hamda muayyan uslubning qiyin ekanligini 
ko`rsatadi. Sanoat ishlab chiqarishi uchun produsentni o`stirish odatda noaseptik 
sharoitda olib boriladi, lekin muhitning o`zi va kyuvetalar boshida ishonchli tarzda 
sterilizatsiyalangan bo`lishi lozim. Yuza qismida o`stirishning ijobiy jihatlari ham 
bor, ulardan eng muhimi-oziqa muhiti massa birligiga nisbatan ajratib olinadigan 
ferment konsentratsiyasini foydali chiqimini yuqori bo`lishidir. Masalan, spirt ishlab 
chiqarishda 100 kg kraxmalni shakarga aylantirish uchun 5 kg mog`or zamburug`i 
mahsuloti kerak bo`ladi. Bundan tashqari yuza qismi uslubida tayyorlangan 
materialni tez va nisbatan oson quritish, uni tovar mahsuloti holatiga osongina 
keltirish va tashish mumkin. Bu uslubning yana bir ijobiy jihati chuqur o`stirish 
uslubidagiga nisbatan elektroenergiyaning kam sarflanishi hisoblanadi. 10-Rasmda 
yuza qismida o`stirish uslubining texnologik tamoyili keltirilgan. 
Ekish materiali. 
Yuza qismda o`stirish uslubi uchun foydalaniladigan material 
qattiq oziqa muhitida olingan sporali material yoki chuqur o`stirish yo`li bilan 
tayyorlangan produsentning miselial massasi tarzida bo`lishi mumkin. Ekish materiali 
mikroorganizmlarni doimo miqdoriy jihatdan osha borishini hisobga olib uch yoki 
to`rt bosqichda amalga oshiriladi. 
Ilk bor agarlashtirilgan qattiq muhitda bo`lgan produsentni 1-1,5 g namlangan 
kepak solingan probirkaga ko`chiriladi. O`stirishni termostatda kuchli spora hosil 
bo`lish davrigacha muddatda amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda produsentni 
o`sha muhitda, lekin kolbada100 g steril namlangan bug`doy kepagidan foydalanib 
o`stiriladi. Uchinchi bosqichda ham xuddi shu yo`sinda ish yuritiladi, lekin bu ishni 
yanada kattaroq idishda va 500 g oziqa muhitida amalga oshiriladi. 
To`rtinchi eng so`nggi bosqichda o`stirishni ekish kyuvetalarida yuqorida 
keltirilgan texnologik tamoyilga muvolfiq tarzda amalga oshiriladi. Ekish materialini 
namligini 10-12 % gacha quritib, germetik tarzda qadoqlash yo`li bilan uzoqroq 
muddatda saqlash ham mumkin bo`ladi. 
Oziqa muhitini tayyorlash. 
Har qanday qattiq oziqa va o`sish moddalarini asosi 
sifatida bug`doy kepagi xizmat qiladi. Namlangan holda bug`doy kepagi muhitning 
talab darajasidagi tuzilmasini hosil qiladi. Ba`zi fermentlar faolligini oshirish uchun 
bug`doy kepagiga yana pektin va sellyulozaga boy mahsulot sifatida lavlagi turpi, 
oqsilni miqdorini oshirish va proteinazani induksiyalash uchun soya shroti, yoki 
lipazani induksiyalash uchun kraxmal bilan boyitilgan pivo sanoati koldiqlari 
qo`shiladi. Kepak tarkibiga o`simlik qoldiqlari-arpa yoki guruch to`poni, somon, 
makkajo`xori so`tasi va yog`och qipig`ini qo`shish muhit tuzilmasini yaxshilaydi. Bu


- 85 - 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin