- 94 -
9.2. Sanoat miqyosida amalga oshirila boshlagan transformatsiyalar.
Transformatsiyalash
Steroid gormonlar hosil bo`lishida dastavval asosiy oraliq mahsulot-pregnenolon
hosil bo`lib, undan keyinchalik steroidlar va kortikosteroidlar biosintezlanadi.
Pregnenolondagi 3-OH ning C=O gacha oksidlanishi qo`sh bog`ning
siljishi orqali
yuz beradi, bu ketosteroidizomeraza reaksiyasining mahsuloti bachadon va sariq tana
gormoni-progesteron hisoblanadi.
Pregnenolon shuningdek erkak (testosteron) va ayol (estrogenlar-estron,
estradiol) jinsiy gormonlarini dastlabki manbayi vazifasini bajaradi. Buyrak usti
bezini po`stloq
qismida progesteron, kortikosteron va kortizol (gidrokortizon) ga
aylanadi. Hozirgi kunda kortizol (gidrokortizol) va uning prednizolon yoki
deksametazon kabi analoglari tezkor terapiyada keng foydalaniladi.
Bu moddalarni
kimyoviy
tuzilishiga
qarab
11-dezoksisteroid,
11-gidroksisteroid,
11,17-
digidroksisteroid (bunga kortizon va gidrokortizon kiradi) larga bo`lish mumkin
bo`ladi.
Kortizon gidrokortizon
Steroidlarning asosiy mikrobiologik almashinuvlari
. Yuqorida keltirilgan
qimmatli dorivor preparatlarni sanoat miqyosida
ajratib olish mikrobiologik
kimyoni, xususan mikrobiologik transformatsiya uslublarini ishlab chiqlishi bilan
bog`liq bo`ldi. Keltirilgan dorivor moddalarni ajratib
olishda xom-ashyo sifatida
o`simlik mahsulotlari-diosgenin, stigmasterin va keyingi
paytda beta-sitosterinlar
xizmat qilmoqda. 12-Jadvalda steroidlarni transformatsiyasi natijasida sanoat
miqyosida ishlab chiqariladigan ba`zi gormonlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: