9.3. Mikrobiologik transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish uslublari
Steroidlarni biotransformatsiyasini xilma xil bo`lishiga qaramay, mikrobiologik
reaksiyalarni amalga oshirish yo`llari bir xildir. Izlanishlar olib borishda ko`p xom-
ashyo moddalardan foydalanishning imkoniyatlari yo`q, bu ishlar kolbalarda doimo
chayqatiladigan turgan holda, steroidning miqdori bor-yo`g`i 100-200 mg gina
bo`ladigan sharoitda amalga oshiriladi. Tizimga 1-2 gramm steroidni yuklash uchun
shisha fermentyordan foydalaniladi. Bu ishni sanoat miqyosida va tajriba
qurilmalarida amalga oshirishda aeratsiyalanuvchi va aralashtirish moslamali
po`latdan tashkil topgan apparaturalardan foydalaniladi. Oldindan produsent kiritib
yig`ilgan shisha fermentyorni sterillab, uni oziqa muhiti bilan yuklanadi. Hamma
operatsiyalarni bajarishda aseptikaga qat`iy rioya qilinadi. Sterilizatsiyani bakteriosid
lampalar bilan yoritiladigan bokslarda 110-120
0
C da oziqa muhitini avtoklavlash
yo`li bilan olib boriladi. Fermentyorga namunani kiritish va tanlash gaz alangasida
o`tkaziladi. Fermentyorga oziqa muhitini kiritish esa, odatda steril qizdirilgan havo
yordamida amalga oshiriladi. Mikroorganizm-transformatorni o`stirish muddati esa,
- 98 -
uning maksimal transformatsiyalovchi faolligini aniqlash orqali belgilanadi va
ba`zilari bir necha soatdan, boshqalari bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Ko`p mikroblar uchun transformatsiyalovchi maksimal faollik uning o`sishini
pasayishi davriga to`g`ri keladi. Sterinlarni suvda eruvchanligi juda past. Hozirgi
kunda oksidlanishga duch keltiriladigan sterinlarni muhitga kam toksik tavsifli
erituvchilar (atseton, spirt, dimetilformamid) da kam konsentratsiyali (1g/l atrofida)
miqdorda eritib so`ng kiritiladi. Sterinlarni muhitga yuqoriroq konsentratsiyada (1 g/l
dan yuqori) kiritish uchun sterin kristallarini maxsus apparatlarda maydalab yoki
ultratovush
yordamida
parchalab
unsimon
kukunga
aylantirib
kiritiladi.
Mikroorganizmlar tomonidan sterinlarni transformatsiyalanishi ularni o`sishini
stimullash orqali sodir bo`lib, o`sish jadalligi qancha yuqori bo`lsa, sterinlar
parchalanishidan hosil bo`lgan mahsulotning miqdori shuncha ko`p bo`ladi. Jarayon
muhitni kislorodga to`yintirish sharoitida samarali bo`lib o`tadi. Oziqa muhitiga ba`zi
moylar (soya, yeryong`oq, raps, chakanda moylari) ni 1-3 % gacha kiritish
transformatsiya mahsuloti miqdorini oshiradi. Aynan shunday natijalarga oziqa
muhitiga hayvon va o`simlikdan olingan glitseridlar (tristearin, triolein, tripalmetin)
ni kiritganda ham erishiladi. Steroidlarni mikrobiologik transformatsiyalashning
harorat rejimi boshqa mikrobiologik jarayonlardagidan farq qilmaydi va 24-33
0
C
chegarasini tashkil qiladi. Vodorod ionii ko`rsatkichi transformator-shtammni turiga
bog`liq bo`ladi va ancha keng doiradagi o`zgarishlarga ega. Mikrobiologik nazorat
faqat transformatsiyalovchi produsentni o`sish bosqichidagina amalga oshiriladi.
Jarayonni kechishini analitik nazoratini amalga oshirishda ma`lum vaqt birligi
oralig`ida reaksion muhit namunasini olib, uni «guvoh» sterinlar ishtirokida silufolli
yuzada yupqa qavatli xromatografiya o`tkazish orqali aniqlanadi. Transformatsiya
nihoyasiga etgandan keyin mikrob o`stirilgan suyuqlik miseliy (yoki boshqa
biomassa) dan ajratilib, tegishli steroidni erishini ta`minlaydigan suvda erimaydigan
organik erituvchi (etil atsetat, metilenxlorid yoki xloroform) da ekstraksiyalanadi.
Suvli fazadan ajratib olingan ekstrakt keyingi tozalash bosqichidan o`tkaziladi
(bo`yoqli chiqindilarni faollashtirilgan ko`mir bilan ishlov berib keyin filtrlanadi);
keyin uni vakuumda konsentrlanadi va hosil bo`lgan steroid cho`kmasi ajratib olinib,
uni tegishli organik erituvchi yordamida qayta kristallanadi. Steroidlarni davomli
ravishda ko`p miqdorda preparativ yo`l bilan ajratib olish uchun ekstraktni kolonkali
xromatografiyadan o`tkaziladi.
Mikrobiologik transformatsiyani sanoat miqyosida amalga oshirishga oid
misollar.
S moddadan
Survularia lunata
yordamida gidrokortizon (kortizol) ajratib
olish jarayoni quyidagicha amalga oshadi:
- 99 -
Bunda transformatsiya uch bosqich olrqali amalga oshadi. Birinchi bosqichda
produsent tarkibida saxaroza, achitqi qoldig`i va anorganik tuzlarning murakkab
yig`indisida o`stiriladi. Ikkinchi bosqichda S modda transformatsiyalanadi. Uchinchi
bosqichda tranformatsiya mahsuloti gidrokortizon muhitdan ajratib olinadi:
Transformatsiyani amalga oshiruvchi produsent
M. globiforme
ni o`stirish
yuqorida keltirilgan sharoitlarda va shu xildagi apparatlarda amalga oshiriladi.
Tayyor mahsulot prednizolonni ajratib olish ham yuqorida keltirilgan ekstraksiya-
separatsiya uslubida amalga oshiriladi va bunda faqat foydalaniladigan
erituvchilardagina farq bo`ladi.
Mikrobiologik transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish.
Transformatsiya
jarayonini jadallashtirishning muhim yo`llaridan biri o`stiriladigan transformator-
produsentni dastlab tegishli substrat yoki uning analogi bilan indusirlash hisoblanadi.
Bu uslub produsentning tegishli ferment tizimini indusirlash orqali amalga oshirilib,
ayniqsa mikrobiologik degidrogenizasiya jarayonlarida keng qo`llaniladi. Ayniqsa
mikroorganizmlarning tirik hujayralaridan ma`lum bir asosga biriktirilgan
(immobilizatsiyalangan)
holda
foydalanish
istiqbolli
hisoblanadi.
Immobilizatsiyalangan mikroorganizmlar hujayralaridan foydalanishning afzallik
jihatlari jumlasiga:
- fermentlarni ajratish va tozalash uchun mablag` sarf etilmasligi;
- immobilizatsiyalangan fermentlarning o`zidan foydalanishga qaraganda
faollikning yuqori bo`lishi;
- reaksiya mahsulotlari biomassadan va ba`zi almashinuv mahsulotlaridan xolis
bo`lganligi sababli ularni ajratib olish va tozalashga sarfning kam bo`lishi;
- jarayonni uzluksiz avtomatlashtirilgan tarzda tashkil qilish imkoniyatlarini
mavjudligi;
- poliferment tizim va kofaktorlarni regeneratsiyasini uzoq vaqt davomida
ishlashi kabilar kiradi.
Hujayralarni
immobilizatsiyalashni-adsorbsiya,
kovalent
va
ko`ndalang
bog`lanishlarga erishish orqali, har xil polimer moddalarni qo`shish, mikrokapsullash
kabi uslublar vositasida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda immobilizatsiyalangan mikroorganizmlarning tirik hujayralari
tomonidan 1,2 degidrogenlash; 1,2-qaytarilish; 20-qaytarilish (
Arthobacter
- 100 -
globiforme
), steriomaxsus 17-beta-qaytarilish (
Sacch.cerevisiae
), 20-alfa va 20-
beta-qaytarilish (
B. megaterium
), 11-alfa va 11-beta-gidroksillanish (
Tieghemella
orchidis
) reaksiyalarini o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |