- 93 -
Sitosterinlar paxta moyida, bug`doy maysasida tabiiy kauchuk va shakar qamishi
tarkibida uchraydi. Uni sanoat miqyosida olishda xomashyo sifatida paxta yog`i va
shakar qamishidan foydalaniladi. Sterinlar organizmda kechadigan fiziologik va
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ular hujayra va subhujayraviy
elementlarning membranalarini shakllanishida, ko`p tabiiy birikmalarning toksik
ta`sirini yengish bilan bog`liq bo`lgan biokimyoviy reaksiyalarda asosiy modda
sifatida qatnashadi.
Xolesterindan steroid gormonlarni sintezlanish yo`llari.
Odam va hayvonlar
organizmida xolesterindan uch xil gormonlar guruhi: progestinlar, jinsiy gormonlar
va buyrak usti bezini po`stloq qismini (kortikosteroidlar) gormonlari hosil bo`ladi. Bu
gormonlarning biosintezlanish yo`llari 12-Rasmda ko`rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: