M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


 Geterosiklik birikmalarni mikrobiologik transformatsiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
 
9.5. Geterosiklik birikmalarni mikrobiologik transformatsiyasi 
Mikroorganizmlarning biokimyoviy faolligidan foydalanib, ba`zi geterosiklik 
birikmalar, xususan indol qatorli birikmalarni transformatsiyalash yo`li bilan ajratib 
olish mumkin. Indol qatorli birikmalar orasida triptofan, triptamin, serotonin, 
ularning analoglari, shuningdek triptofol va indolil-3-sirka kislotalar muhim 
ahamiyatga ega. 
Indol 
hosilalarini 
mikrobiologik 
transformatsiyalash. 
Bu 
xil 
transformatsiyalanish jarayonlari asosan gidroksillanishni o`z ichiga oladi. Masalan, 
indolil-3-sirka kislota (ISK) ni 
C.purpurea
zamburug`i tomonidan oksidlanishi tufayli 
5-oksiindolil-3-sirka kislota hosil bo`ladi: 


- 104 - 
Indolilsirka kislota 
Asp.niger
zamburug`i tomonidan xalqaning C-5 joyida 
gidroksillanadi. Lekin bu zamburug` tomonidan qator indolil moy qatorli kislotalar, 
xususan-indolil-3-propion, 
indolil-3-valerian, 
indolil-3-kapron, 
indolil-3-enant 
kislotalaridan 
tegishli 
5-oksihosilalar 
hosil 
qilaolmaydi, 
bu 
hodisa 
esa 
gidroksillanishning o`ziga xos jihatlari mavjudligidan dalolat beradi. 
Asp.niger
zamburug`i tomonidan triptaminning almashinuviga oid reaksiyalar sxemasi 
quyidagicha yuz beradi: 
Sxemadan ko`rinib turibdiki, triptaminning dastlabki almashinuvi dezaminlanish 
reaksiyasidan boshlanadi. Indolil -3-sirka aldegiddan ham qaytarilish (triptofol), ham 
oksidlanish (ISK) mahsulotlari hosil bo`ladi. Keyingi bosqichda ISK oksidlanib 5-
oksiindolilsirka kislotaga aylanadi. Jarayon odatdagi oziqa muhitida, ancha qisqa vaqt 
oralig`ida, osongina amalga oshadi. 
Pirimidin hosilalarini mikrobiologik transformatsiyalash. 
Nikotin kislota va 
uning amidi (vitamin PP yoki B

vitamini) kimyoviy sitntez yo`li bilan olinadi, lekin 
tegishli substratlardan foydalanib mikrobiologik transformatsiya uslubi yo`li bilan 
ham ajratib olish uslubi ishlab chiqilgan: 


- 105 - 
Nocardia
produsenti tomonidan 3-metilpiridinni oksidlanishi dastlab spirt (3-
oksimetil piridin), so`ng aldegid va nihoyat kislota hosil bo`lish orqali yuz berishi 
aniqlandi: 
Bu jarayonlarni sanoat miqyosida amalga oshirish hali yo`lga qo`yilmagan 
bo`lsada, kelajakda kimyoviy transformatsiyani qisman bo`lsada mikrobiologik 
uslubda amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin