- 76 -
Bakteriyani o`stirish aseptik va doimo aralashtirish sharoitida fermentyorlarda
sporalar hosil bo`lish bosqichigacha olib boriladi. Jarayonning olib borish sharoiti:
harorat 28-30
0
C, muhitning pH 6,5-7,5, davomiyligi 1,5-2 kundan iborat bo`ladi.
Birinchi muhitda o`stirilganda 1 ml o`stirish muhiti suyuqligida 2,7-3 mlrd. spora
bo`lsa, ikkinchi muhitda o`stirilganda 4,3 mlrd bo`ladi. Hosil bo`lgan biomassa
sentrifugalash yo`li bilan ajratiladi va 65-75
0
C da purkovchi quritkichda 2-3 %
namlik darajasigacha quritiladi. Quritilgan sporalar qo`shimcha (kaolin) qo`shib
aralashtiriladi. Shu yo`sinda tayyorlangan preparatning 1 g da 8 mlrd hujayra bo`lishi
lozim. Uni 50-500 g dan namlik kirmaydigan xaltachalarga qadoqlapnadi.
Nitragin va azotobakterindan farqli o`laroq fosforobakterin saqlash uchun ancha
chidamli, uni 1 yil saqlaganda bakteriyalarning hayotchanligi 20 % gagina kamayadi.
Fosforobakterinni qora tuproqli tuproqlarda qo`llash tavsiya qilinadi. U
g`allasimonlar, kartoshka, qand lavlagisi va boshqa ekinlarni hosildorligini oshirishda
ahamiyati katta. Preparatni tuproqqa solish uchun o`simliklarning urug`ini
fosforobakterin preparati qo`shib ishlov beriladi, buning uchun esa, preparatni tuproq
yoki kulga qo`shib 1:40 nisbatda aralashtiriladi va shu holatda ekiladi. Bir gektar
maydonga 5 g preparat va 200 g qo`shimcha modda (kaolin) kerak bo`ladi. Kartoshka
tuganaklarini 15 g preparatga 15 l suv qo`shibsuspenziya tayyorlanadi va bu miqdor
preparat bir gektarga ketadigan kartoshka urug`iga ishlov berishga yetadi.
Fosforobakterindan foydalanish hosildorlikni 10 % ga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: