M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


Quruq azotobakterinni ajratib olish texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Quruq azotobakterinni ajratib olish texnologiyasi

Azotobakterin - bakterial 
o`g`it bo`lib tuproq mikroorganizmi 
Azotobacter
chroococcum
asosida ajratib 
olinadigan preparat hisoblanadi. Uni ajratib olishda har 1 g sarf etilgan shakar 
hisobiga 20 mg atmosfera azotini fiksatsiyalaydi. Bundan tashqari o`g`it sifatida 
ishlatilgan bakterial o`g`itlar tuproqqa o`simliklarni o`sib chiqishi va rivojlanishini 
stimullovchi biologik faol moddalar (nikotin va pantoten kislotalar, piridoksin, biotin, 
geteroauksin, gibberilin va boshqalar ) ni ishlab chiqaradi, ular tomonidan 
produksiyalanadigan anisomitsin guruhiga mansub bo`lgan fungisid moddalar esa, 
o`simliklarning rizosferasida zararli mikroskopik zamburug`larning rivojlanishini 
bo`g`ib qo`yadi. 
Azotobakterlarning hamma turlari – aerob bakteriyalar jumlasiga kiradi. Bu 
mikroblar muhitdagi organik va anorganik shakldagi fosforning miqdoriga nisbatan 
sezgirlikni namoyon qiladi, uning muhitdagi miqdorini ko`p bo`lishi 
Azotobakter
ni 
rivojlanishini jadallashtiradi. Oziqa muhitida fosforning miqdorini kam bo`lishi 
bakteriyalarning rivojlanishini susaytiradi, azotni o`zlashtirish qobiliyati ham 
pasayadi. 
Azotobakter 
ning ko`p turlari azotni faqat bog`langan azotning miqdori kam 
bo`lgan muhitda yoki umuman bo`lmagan muhitda o`zlashtiradi. Bu mikrobning 
azotni o`zlashtirish qobiliyati muhitda ammiak bo`lganda susayadi. Molibden 
(ba`zan vanadiy) birikmalari azotni o`zlashtirilishiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi. 
Molekulyar azotni o`zlashtirilishi uchun mas`ul nitrogenaza tizimi multiferment 
kompleksi bo`lib, uni tarkibida gen bilan bog`lanmagan temir, molibden va SH-
guruhlar bo`ladi. 
Mikrobiologik sanoat azotobakterinning bir nechta: quruq, tuproqli va torfli 
turlarini ishlab chiqaradi. 
Quruq azotobakterinni ishlab chiqarish texnologiyasi ko`p jihatdan nitragin 
ishlab chiqarish texnologiyasiga o`xshash, shu sababli quyida, uning farqli 
tomonlarinigina ko`rib chiqiladi. Quruq azotobakterin tarkibiga qo`shimcha ravishda 
qo`shilgan 
Azotobakter 
ning quritilgan faol hujayralari hisoblanadi. Uning 1g da 0,5 
mlrd hayotchan hujayralar bo`lishi lozim. Mikroorganizmning shtammlari 
Rhizobium 
hujayralarini o`stirishda foydalanilgan oziqa muhiti komponentlaridan foydalaniladi. 
Unga qo`shimcha ravishda muhitga temir va marganetsning sulfat tuzlari, shuningdek 
molibdenat kislotaning murakkab tuzidan qo`shiladi. O`stirish jarayonida muhitning 
pH ni 5,7-6,5 chegarasida tutib turib, 1 minut davomida 1 hajm muhitga 1 hajm havo 
yuborish darajasidagi aeratsiyadan foydalaniladi. Quritilgan tayyor mahsulotni
tegishli miqdorda qo`shimcha qo`shgandan so`ng polietilen xaltachalarga 0,4-2 kg 
etib qadoqlanadi. Shu holatda haroratni 15 
0
C da ushlab turib 3 oygacha saqlash 
mumkin. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin