- 72 -
Qishloq xo`jalik amaliyotida qo`llaniladigan bakterial o`g`itlar jumlasiga
nitragin, azotobakterin va fosforobakterinlarni kiritish mumkin bo`ladi.
Quruq nitraginni ajratib olish texnologiyasi.
Nitragin
Rhizobium
avlodiga
mansub bo`lgan tuganak bakteriyalarning hayotiy faoliyati asosida tayyorlanadigan
bakterial o`g`it hisoblanadi va no`xat, loviya, soya, yem-oziqa dukkaklilari,
yo`ng`ichka kabi dukkakli o`simliklarini hosildorligini oshirishda qo`llaniladi.
Rhizobium
avlodi bakteriyalari dukkakli o`simliklar bilan simbioz yashab
atmosferadagi erkin azotni o`simlik tomonidan yengil o`zlashtiriladigan birikmaga
aylantiradi. Bu bakteriyalar qat`iy ravishda aerob bakteriyalar hisoblanadi. Bu avlod
vakillari orasida faol, kam faol va nofaol xillari mavjud.
Atmosfera azotini
fiksatsiyalash faqat dukkakli o`simliklarning ildiz tizimi tuganaklarida yuz berishi
mumkin. Tuganaklarning hosil bo`lishi dukkakli o`simliklarning ildiz tizimini
Rhizobium
avlodi vakillari tomonidan infisirlanishi tufayli sodir bo`ladi. Ildiz tizimini
zararlanishi faqat yosh ildiz tuklari orqali bo`lib o`tadi, bakteriya unga kirib
olganidan keyin uning o`zagigacha infeksion ip tarzida cho`ziladi. Cho`zilgan
ipchalar epidermis devorlari orqali ildizning po`stigacha etib borib tarmoqlanadi va
po`st hujayralari bo`ylab taqsimlanadi. Bunda xo`jayinning hujayralarini bo`linishi va
to`qimalarning o`sishi indusirlanadi. Xo`jayin-o`simlikning ildizini bakteriyalar
lokalizasiyalangan joyida tuganaklar hosil bo`ladi, u yerda ular juda tez ko`payadi va
alohida-alohida tarzda yoki guruh-guruh bo`lib o`simlik hujayrasini protoplazmasida
joylashadi. Bakterial hujayralarning o`zlari hajm jihatidan 10-12 marta kattalashadi
va shaklini o`zgartiradi. Agar bu xildagi tuganaklar tarkibida legoglobin pigmenti
(hayvonlarning qonini gemoglobinini analogi) ning mavjudligi tufayli qizg`ich yoki
gulobi rangli bo`lsa, ular molekulyar azotni fiksatsiyalash qobiliyatiga ega bo`ladi.
Bo`yalmagan («puch») yoki yashilroq bo`yoqli tuganaklar azotni fiksatsiyalay
olmaydi. Tuganak ichida joylashgan bakteriyalar nitrogenaza faolligiga ega bo`lgan
ferment tizimini sintezlaydi, u molekulyar azotni ammiakgacha qaytarish qobiliyatiga
ega bo`ladi. Ammiak asosan qator fermentativ almashinuvlar yo`li bilan
keyinchalik
oqsillar biosintezi uchun sarflanadigan glutamin va glutamin kislotaga
assimilyatsiyalanadi. Tuganakli bakteriyalarni tavsiflashda ularning faolligidan
tashqari
virulentlik
ko`rsatkichini
ham
e`tiborga
olinadi.
Bu
narsa
mikroorganizmning dukkakli o`simlik bilan simbioz munosabatga kirishishi, ya`ni
ildizning tuklari ichiga kirib olib, tuganak hosil qilishini tavsiflaydi. Bu xilda
bakteriyaning ildiz tuklari ichiga kirib borishining tezligi muhim ahamiyatga ega.
O`simlik
Rhizobium
ning o`zaro bir-biriga simbiotik yaqinligi simbiotik
kompleksning unumliligini bildiradi. O`simlik bakteriyalarni kerakli oziqa moddalari
bilan ta`minlaydi va ularni yashashi uchun optimal sharoit yaratadi. Bakteriyalar esa,
tuganak ichida joylashib o`simlikni azotli oziqlanishini ta`minlaydi. O`simlik ham,
bakteriya ham o`z-o`zidan azotni fiksatsiyalay olmaydi.
Virulentlik deganda
mikroorganizmning muayyan o`simlik turiga nisbatan tanlov qobiliyati tushiniladi.
Shuning uchun
Rhizobium
avlodini zamonaviy tasniflashda o`simlik-xo`jayinni
e`tiborga olish lozim bo`ladi, xususan:
Rh. phaseoli
-loviya uchun;
Rh. vigna-mais
,
yer-yong`oq uchun;
Rh.lupini-lyupin
(bo`rilukkak) uchun maxsus bo`lgan
bakteriyalar turlari hisoblanadi. Bakterial o`g`itlar tayyorlash ishlab chiqarishini
tashkil qilishda asosiy vazifa - tuganakli bakteriyalar negizida hayotiy ko`rsatkichi
- 73 -
yuqori bo`lgan, texnologik jarayonning barcha bosqichlarida hayotiy ko`rsatkichlarini
saqlaydigan, uzoq muddat davomida faolligini yo`qotmaydigan bakteriya turlarini
ko`paytirish hisoblanadi. Ikki xil nitraginni ajratib olish yo`lga qo`yilgan, ular: tuproq
va quruq nitragenlaridir. Tuproq nitrogeni - bu sterilizatsiyalangan tuproqda
o`stirilgan tuganakli bakteriyalar hisoblanadi. Bu preparatning 1 g da 0,3 mlrd.
hayotchan bakteriya hujayralari bo`ladi. Uni ajratib olish texnologiyasi murakkab va
ancha qiyin amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi.
Quruq nitragin unga
qo`shimcha (bentonit, kaolin, bo`r) qo`shilgan holda oq-kulrang yoki jigarrang kukun
bo`lib, uning 1 g ni tarkibida 9 mlrd dan ziyod hayotchan bakteriya hujayralari
bo`ladi. Kukun tarkibidagi namlikning miqdori 5-7 % dan oshmaydi.
Nitraginni sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi mikrobiologik korxonaning
aseptik sxemasi asosida amalga oshiriladi. Tirik hujayra shtammlarini ishlab
chiqarishning eng «tor» jihati, uni quritish muammosini hal qilish bilan bog`liq
bo`lganligi sababli, har gal foydalaniladigan shtammlarni baholashda, ularning
mahsuldorligini inobatga olish bilan birga, haroratli ta`sirga
nisbatan chidamliligini
ham hisobga olish talab qilinadi. Ekish materialini olish uchun tuganakli bakteriyani
dastlabki namunasini oldin tarkibida, masalan, dukkakli o`simliklarning urug`ini
qaynatmasi, 2 % agar va 1 % saxaroza bo`lgan agarlashtirilgan muhitda o`stiriladi,
keyin hosil bo`lgan mikrobli aralashmani kolbada suyuq oziqa muhitida 1-2 kun
davomida 28-30
0
C va pH 6,5-7,5 bo`lgan sharoitda ko`paytiriladi. Sanoat ishlab
chiqarishini hamma bosqichlarida bir xil tarkibli oziqa muhitidan foydalaniladi, uning
tarkibida: qand lavlagisi qoldiqlari, makkajo`xori ekstrakti, ammoniy va magniy
sulfatlar, natriy xlorid, ikki almashingan kaliy fosfat bo`ladi. Tayyor bo`lgan
ekish
materialini 1 ml ni tarkibida 10 mlrd hujayra bo`lib, undan oziqa muhitini 3-5 %
hajmida ekish apparatiga ko`chiriladi va yuqorida keltirilgan haroratda, doimo
aralashtirish hamda aeratsiyalash (1 minutda 1 hajm muhitga 1 hajm havo yuborish)
sharoitida o`stirib ko`paytirishni davom ettiriladi. Agar 1 kun o`tgandan keyin ekish
materialining titri 1ml hisobiga 2 mlrd ga etsa, o`stirishni to`xtatiladi, hosil bo`lgan
ekish materialini muhit hajmiga nisbatan 3-5 % hajmda fermentyorga o`tkaziladi.
Asosiy fermentatsiyani 2-3 kun o`sha harorat, o`sha muhitning pH ko`rsatkichida,
lekin havo oqimining biroz yuqori ko`rsatkichida (1 minutda 1 hajm muhitga 1,3
hajm havo yuborish) amalga oshiriladi. Jarayonning oxirida hujayralarning titri 1 ml
muhitda 10 mlrd ga yetadi. Tayyor mikrobli aralashmani separatsiyalanadi, bunda
pastasimon biomassa hosil bo`ladi, uning namligi 70-80 % ni tashkil qiladi.
Biomassaga tarkibi qand lavlagisi qoldiqlari va tiomochevina (20:1 nisbatda) dan
iborat bo`lgan himoya muhiti qo`shib aralashtiriladi va quritish uchun yo`naltiriladi.
Quritish jarayoni vakuum-quritkichda 30-35
0
C da amalga oshiriladi.
Quritilgan
biomassa maydalanadi, unda shtamm hujayralari titri 1 g hisobiga 10 mlrd ni tashkil
qiladi. Nitraginning quruq preparatlarini 0,2-1 kg hisobida polietilen xaltachalarga
qadoqlanadi va germentizatsiyalanadi, 15
0
C da 6 oygacha saqlanadi. Nitragin
preparatini fosforli-kaliyli va organik o`g`itlar fonida qo`llaniladi, chunki bunda
tuganakli bakteriyalarning faolligi oshadi. Nitragin dukkakli o`simliklarning
hosildorligini 15-25 % ga oshiradi, bu ekinlar birinchi bor ekiladigan xududlarda esa
100 % ga oshiradi. Nitraginni ekishdan oldin urug`larga preparatning quruq kukunini
sepib keyin ekiladi.