- 59 -
6.5. Gigromitsin B preparatini ajratib olish texnologiyasi
Gigromitsinning struktura formulasi to`lig`icha hali aniqlanmagan, lekin uning
tarkibiga karbonsuv komponent alfa-taloza va N-metil-2-dezoksisistreptanin kirishi
ma`lum. Tashqi ko`rinishi jihatidan u amorf gigroskopik kukun, oq rangli, nordon
xossali, suvda eriydigan moddadir. U antigelmint sifatidagi ta`sirga ega. Uning
tozalangan preparatlarini faolligi 1000 birlik/mg ga yetadi. Bu preparat cho`chqa va
tovuqlarning askaridiozini profilaktika qilish maqsadlarida foydalaniladi. Buning
uchun uni gigrovetin yem-oziqa preparati sifatida ishlab chiqariladi, bu preparat och-
jigarrang, namligi 15 % dan oshiq bo`lmagan, 1 mg da 13-17 birlik gigromitsin B ga
ega bo`lgan, sochilib ketadigan kukun hisoblanadi. Uni ishlab chiqarishda
Act.
hidroscopicus
zamburug`idan foydalaniladi. Uni agarlashtirilgan muhitda 20-21
0
C
da 2 oygacha muddatda saqlash mumkin. Asosiy fermentyorda o`stirish uchun ekish
materialini ikki bosqichda tayyorlanadi: oldin doimo aralashtirib turiladigan ekish
kolbalarida, keyin ekish apparatida o`stiriladi. Bunda bir xil oziqa muhitidan
foydalaniladi va uning tarkibi ( % hisobida): soya uni-1,5; makkajo`xori ekstrakti-0,2
(quruq massa hisobida); ammoniy sulfat-0,2; natriy xlorid-0,5; kalsiy karbonat-0,3;
kashalot yog`i-2; qolgani suvdan tashkil topgan bo`ladi. Ekish kolbalarida prolusentni
pH ning 7,2-7,4 va haroratning 26- 27
0
C chegaralarida 3 kecha-kunduz davomida
o`stiriladi. Olingan zamburug`ning mitselliyi muhitning hajmiga nisbatan 1,5-3,0 %
miqdorda, pH 7,7-7,9, harorati 28
0
C bo`lgan, doimo aralashtirilib turiladigan,
o`zgaruvchan aeratsiyali ekish apparatiga o`tkaziladi. Birinchi kecha-kunduz
aeratsiyani 1 minutda 0,5 hajm muhitga 1 hajm havo sharoitida tutib turilsa, ikkinchi
kecha-kunduzda bu nisbat 1:1, uchinchi kecha-kunduzda 1:1,5 ga teng bo`lishi talab
qilinadi. Tayyor ekish materialini asosiy fermentyorga undagi umumiy hajmga
nisbatan 10 % gacha miqdorda etib o`tkaziladi.
Produsentni sanoat ishlab chiqarishi uchun o`stirish va antibiotikning
biosintezi ishlarini olib borishda harorat 28
0
C, pH 7,6-7,8 va aeratsiya (1 minutda 1
hajm muhitga 1 hajm havo yuborish) sharoitini bo`lishi talab qilinadi, jarayon 8-9
kecha-kunduz davomida yuqorida keltirilgan tarkibli oziqa muhitida hamda unga 5
% separatsiyalangan pivo zamburug`larini qo`shish asosida amalga oshiriladi. Ko`pik
hosil bo`lishini oldini olish uchun tizimli ravishda fermentyorga ko`pik
so`ndirgichning steril eritmasi kiritib turiladi. Biosintez jarayonining nihoyasida
produsentli suyuqlik tarkibidagi gigromitsinning faolligi 1500-2000 birlik/ml ga
yetadi. Produsentli aralashmaga kalsiy ionlaridan xolis bo`lish uchun dastlabki ishlov
beriladi. Buning uchun avvalo sulfat kislota bilan pH 4,0-4,5 bo`lgunga qadar
nordonlashtiriladi, keyin otquloq kislotasi qo`shiladi. Bunda kalsiy sulfat va kalsiy
oksalat tuzlari zamburug` mitselliylari bilan birga cho`kmaga tushadi va uni filtrlab
ajratib olinadi. Filtratda esa gigromitsin B bo`lib, unga 20 % li o`yuvchi natriy
qo`shish orqali pH ni 6,5-7,0 ga yetkaziladi va antibiotikni ion-almashinuvi
sorbsiyasiga uzatiladi. Sorbsiya jarayoni kolonkaga KB-4P-2 yoki KB-2, CP-300
larning natriyli shakllari joylashtirilgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Sorbsiya
sharoiti gigromitsin B ni 95 % gacha tozalikda ajratib olish imkonini beradi. Ajratib
olingan elyuatlarning faolligi 10000 birlik/ml dan kam bo`lmaydi. Elyuatni harorati
45-60
0
C bo`lgan vakuum-bug`latkichga yo`naltiriladi va faolligi 150-250 ming
birlik/ml gigromitsin B konsentrati hosil bo`lgunga qadar bug`lantiriladi. Quruq
- 60 -
kepak bilan aralashtirishdan oldin konsentrat chit yoki ipak filtrdan o`tkazib
filtrlanadi. Filtratni 80-100 ml ni 1 kg kepak bilin qo`shib aralashtiriladi. Tayyor
mahsulotni polietilen xaltachalarga 50 g dan etib qadoqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |