- 47 -
suyuqlikni tarkibida 30-40 % gacha quruq modda hosil bo`lgunga
qadar vakuum-
bug`latish yo`li bilan konsentrlanadi va uni purkagichli qurutqichda 110-120
0
C da
quritiladi. Yuqori darajada konsentrlangan triptofanni produsentli suyuqlikdan
hujayra elementlari va erimay qolgan chiqindilari ajratib olingan filtratdan olinadi.
Bunda asosiy texnologik operatsiyalarning ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi:
- produsent biomassasini filtrlash yoki sentrifugalash yo`li bilan ajratish;
- filtratni xlorid kislota bilan pH 1,0 gacha nordonlashtirish va hosil bo`lgan
cho`kmani ajratish;
- H-shaklidagi sulfokationit KU-2-8 to`ldirilgan
kolonkada triptofanni
adsorbsiyalash;
- adsorbsiyalangan triptofanni 5 % li suvli-izopropanolli ammiak eritmasi bilan
desorbsiyalash, bunda sorbsiyalangan triptofanning 90 % elyutsiyalanadi;
- elyuatni vakuum-bug`latkichda 60-70
0
C da konsentrlash (buning natijasida 80-
90 % li suvli-spirtli fraksiya haydaladi) va keyin konsentratni 4-6
0
C gacha
sovitish;
- triptofanni uning suvli-spirtli eritmasidan kristallizatsiyalash;
- kristallarni aralashmadan ajratish va uning suyuq qismini vakuum-
bug`latkichga
qaytarish;
- kristallarni etanol bilan yuvish va 60
0
C li vakuum-bug`latkichda quritish.
Ushbu sxema bilan ish yuritganda triptofanning texnik preparatini olishga
erishiladi. Yuqori darajadagi tozalikka ega bo`lgan va tarkibida 99 % asosiy mahsulot
bo`lgan triptofan preparatini ajratib olish uchun etanolda
yuvilgan kristallarni suvda
eritiladi va 65 % li etanolda yoki 60 % li izopropanolda qayta kristallanadi. Qoldiq
suyuqlik qaytadan vakuum-bug`latkichga
qaytariladi,hosil bo`lgan kristallar esa
vakuumda 60
0
C da quritiladi.
Tozalangan triptofan preparatini ajratib olish jarayonida hosil bo`lgan
chiqindilari: produsent biomassasi va kristallizatsiya suyuqliklarining tarkibida ancha
miqdorda triptofan bo`lishi tufayli ularni dastlabki o`stirish
suyuqligi bilan
aralashtirib qo`shiladi bu aralashmadan yem-oziqa mahsuloti olishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: