M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi


SLK (suyuq lizin konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
SLK (suyuq lizin konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish
 
SLK ni sanoat miqyosida ajratib olish texnologiyasi mikrob o`stirilgan 
suyuqlikni mutloq quruq modda darajasining 40 % darajasigacha bug`lantirishga 
asoslangan. Buning uchun muayyan suyuqlikni oldindan 95-100 
0
C gacha 
qizdiriladi so`ng ko`p korpusli vakuum-bug`latkqich qurulmaga yo`naltiriladi va 3,5-
4 soat mobaynida bug`lantiriladi. Uzoq muddat bug`lantirilganda lizin kamayishi 
mumkin, shuning uchun aralashmani oldin suyuq fazani uning hajmiga nisbatan 0,4 
% miqdorda 25 % li natriy giposulfit yordamida stabillanadi, keyin esa xlorid kislota 
yordamida pH ni 4,5-5,0 ga yetkaziladi. Bunda lizinning monoxlorgidrati termik 
ta`sirga chidamli bo`lib qoladi. Shu xildagi stabilizatsiya va nordonlashtirish tadbiri 
lizinni 5-15 % gacha yo`qotmasdan saqlab qolish imkonini beradi. Bu texnologiya 
asosida ajratib olingan SLK ni qayshqoqligi 0,65x10-3 kg (m.s) ga, muzlash harorati 
-18 
0
C, solishtirma og`irligi 1,15-1,30 ga pH 4,5-5,0 ga teng bo`lib, o`zining 
xossalarini o`zgartirmasdan 3 oy saqlanishi mumkin ekan. Bu mahsulot LQK ga 
nisbatan biologik qimmati yuqoriroq sanaladi. Tayyor mahsulot temir yo`l 
sisternalariga solib ist`emolchiga yuboriladi 
LEOK (lizinning yem-oziqa konsentrati) preparatini sanoat miqyosida ishlab 
chiqarish 
LEOK preparatini sanoat miqyosida ishlab chiqarish SLK asosida amalga 
oshiriladi. 
Buning uchun suyuq konsentrat purkagich quritqichda 90
0
C dan oshiq 
bo`lmagan issiq havoda 4-8 % namlik darajasigacha quritiladi, 20 kg dan etib 
polietilen xaltachalarga joylashtiriladi. Bu xil konsentrat quruq modda hisobiga 15-
20 % gacha lizinning monoxlorgidrati, 14 % gacha boshqa aminokislotalar, 15-17 % 
gacha oqsil, 10-13 % gacha betain va 20-25 % gacha kul moddalaridan tashkil topadi, 
o`zining tarkibi bo`yicha amaliy jihatdan SLK dan farq qilmaydi. Lekin bu 
texnologiya asosida ajratib olingan LEOK juda gigroskopik bo`lib saqlash jarayonida 
yirik bo`lakchalarga aylanadi va undan kombinatsiyalab yem-oziqa tayyorlashda 
qiyinchilik tug`iladi. Bu kamchilikdan xolis bo`lish uchun SLK ni bug`lantirib 
quritish vaqtida unga suyak uni, so`ndirilmagan ohak, bentonit, bug`doy kepagi 
qo`shiladi. Ko`pincha bug`doy kepagi qo`shiladi. Buning uchun SLK ni 35-40 % 
gacha konsentrlab unga kepakni shunday hisobda qo`shiladiki, aralashmaning 
namligi 70 % ga yetsin va hosil bo`lgan massa granula hosil qilish darajasida bo`lsin. 
Shu xil qo`shimcha qo`shilgan LEOK tarkibida 7-10 % gacha lizin bo`ladi, u sepilib 
ketadigan va nogigroskopik xossaga ega. 
 


- 40 - 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin