M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
6-Jadval 
Lizin aminokislotasini ajratib olishda foydalaniladigan 
Brevibacterium sp 22 L.
shtammlari uchun zarur bo`lgan ozuqa muhitning tarkibi ( % hisobida) 
№ 
Moddalarning nomi 
 % 

Ammoniy atsetat 
1.5 

Glyukoza 
1.0 

Bir almashingan kaliy fosfat 
0.02 

Magniy sulfat 
0.04 

Ammoniy sulfat 
3.0 

Soya uni gidrolizati (quruq modda hisobida) 
1.5 

Suv 
Qolgan qism 
Produsentning me`yoriy chegarada o`sishi va rivojlanishi uchun muhitda 
fosforning bo`lishi shart. Uni oziqa muhiti tarkibiga kaliyli tuzlar tarzida kiritiladi. 
Lekin fosforning muhitdagi miqdoriy ko`rsatkichlari 8-20 mg/ % chegarasida 
cheklangan bo`ladi. Muayyan konsentratsiyani bir pog`ona yuqoriga ko`tarish 
Corin. 
glutamicum
produsenti uchun lizin hosil qilish jarayonini ikki martaga kamaytiradi. 
Lizinning barcha produsentlari u yoki bu darajada qator mikroelementlar: magniy, 
temir, mis, marganetsga nisbatan ehtiyoj bildiradi. Bu metallarni reaksion muhitga 


- 38 - 
sulfat kislota tuzlari holatida: ammoniy sulfat-0,03-0,05 %, qolgan tuzlarni kamroq, 
ya`ni 0,0008-0,001 % gacha bo`lgan miqdorda kiritiladi. Agar makkajo`xori 
ekstrakti, kand lavlagisi chiqindilari va boshqa komponentlar tarkibida bu 
mikroelementlar yetarli miqdorda bo`lsa reaksion muhitga maxsus ravishda temir, 
mis va marganetslarni kiritilmaydi. Lizinni mahsulot sifatida ishlab chiqarish 
samaradorligi fermentatsiya jarayonini asosiy parametrlariga: harorat, erigan holdagi 
kislorod konsentratsiyasi, jarayonni o`tkazish muddati, o`stiriladigan mikrob 
materialining dozasi va uning yoshiga bevosita bog`liq bo`ladi. Lizin aminokislotasi 
produsentlarini o`sishi, rivojlanishi va boshqa aminokislotalarning biosintezi uchun 
28-30 
0
C optimal harorat hisoblanadi. Produsentni o`stirish jarayonida haroratni 5 
0
C
oshirish hujayralarning avtolizini tezlashtiradi va lizinning muhitga ancha kam 
miqdorda yig`ilishini sabachisi bo`ladi. Haroratni optimalga nisbatan 5 
0
C ga 
pasaytirish lizin mahsulotini hosil bo`lishini iqtisodiy jihatdan zarar keltiradigan 
darajaga olib keladi, chunki biosintez jarayoni 12-24 soatga uzayadi va muhitning 
pH ko`rsatkichi 6-8,5 ko`rsatkich chegarasidagi o`zgarishlarga duch keltiradi. Hozirgi 
kunda sanoat ishlab chiqarishi miqyosida foydalaniladigan shtammlar uchun 
optimum pH chegarasi 7,0-7,5 ni tashkil qiladi. Lizinning har xil produsentlari 
kislorodga nisbatan har xil talabni namoyon qiladi, lekin biosintez jarayoni uch 
karbon kislotalar siklining degidrogenazalari va glioksil sikli fermentlarining yuqori 
darajadagi faolligini talab qilganligi tufayli shtammlarni o`stirish kuchli aeratsiyani 
talab qiladi. Demak bu shtammlar suyuq fazada erigan kislorod miqdorini optimal 
darajada bo`lishini talab qiladi. Reaksion muhitda aeratsiyaning yetarli bo`lmasligi 
lizinning hosil bo`lishini kamaytirib, alanin va sut kislotaning hosil bo`lishini 
kuchaytiradi. O`ta kuchli aeratsiya esa biomassaning juda ham ko`payishiga olib 
keladi, lekin bunda ham lizinning miqdori kamayadi. Jarayonni kechishida kislorod 
konsentratsiyasini nazorat qilishni portsial bosim (pO
2
) ni aniqlash orqali amalga 
oshiriladi. Dastlabki biomassani jadal hosil bo`ladigan va lizinning maksimal 
sintezlanadigan paytida ya`ni, 16 soatdan 20 soatgacha bo`lgan oraliqda O
2
ko`rsatkichi keskin pasayib ketadi, bu narsa esa aminokislotani biosinteziga salbiy 
ta`sir ko`rsatadi. Shu narsa aniqlandiki, fermentyorda portsial bosimning pasayganida
unga yo`naltirilayotgan erigan kislorodning konsentratsiyasi 20-30 % dan kam 
bo`lmasligi kerak. O`stirish materialining miqdori sanoat ishlab chiqarishi 
fermentatsiyasi uchun 1-5 % atrofida bo`lishi kerak bo`ladi, o`stirish materiali dozasi 
oshganda, iqtisodiy koeffisient ko`tariladi. Hujayralarning o`sishi va lizin bisintezini 
maksimumi o`zaro bir biriga mos bo`lmaganligi, ya`ni butun biomassaning hosil 
bo`lishi dastlabki 12-18 soat ichida yuz bersa, lizinning ko`zga ko`rinarli miqdorda 
sintezlanishi biomassa o`sishini sekinlashganida boshlanadi. Lizinning hosil bo`lish 
jarayonini boshlanishidan keyin produsent hujayralarning kattaligi maydalashadi. 
Lizin biosintezini boshlanishini o`qiga xos tavsifi, shundan iboratki, bunda auksotrof 
mutantlar tomonidan muhitdagi defisit aminokislotalar, masalan, treonin to`liq 
o`zlashtirilib qo`yiladi. Bu omillar fermentatsiya jarayonini mikrobiologik va 
biokimyoviy nazorat qilishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Jarayonning 
nihoyasida hosil bo`lgan suyuq aralashma lizin va boshqa metabolizm 
mahsulotlaridan tashqari, produsent biomassasi va muhitdagi o`zlashtirilmay qolgan
oziqa moddalaridan tashkil topgan bo`ladi. Mikroblarni o`stirish yo`li bilan sanoat


- 39 - 
ishlab chiqarishi miqyosida qo`yilgan maqsadga muvofiq ravishda suyuq lizin 
konsentrati (SLK) va lizinli quruq konsentrat (LQK) lar holatidagi texnik 
preparatlarni, shuningdek yuqori darajada tozalangan yem-oziqa va oziq-ovqat hamda 
tibbiyot sanoati uchun yuqori darajada tozalangan kristall preparatlarni ajratib olish 
mumkin bo`ladi. Bu preparatlarni ajratib olishda har biri uchun o`ziga tegishli 
bo`lgan texnologiyalaridan foydalaniladi. Tovar holatida ishlab chiqariladigan SLK 
va LQK lar tarkibida chorva mollariga qo`shimcha ravishda beriladigan bu 
mahsulotlar tarkibida uning oziqa qimmatini oshiruvchi boshqa birikmalar, masalan 
B
1
, B
2
, B
3
, B
6
, PP vitaminlar va boshqalar uchraydi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin