- 17 -
Muayyan sxemaga binoan ishlab chiqarish sanoatini
tashkil qilish ikkita
ferment-L-gidrolaza va rasemazalardan foydalanishni hisobga oladi. Ularning
birinchisi organik sintez natijasida hosil bo`ladigan D, L-alfa-amino-epsilon-
kaprolaktamni gidrolizlaydi, ikkinchisi
ratsematsiyani amalga oshirib, D-va L-
shakllardagi lizinni hosil bo`lishini ta`minlaydi. Jarayonning amalga oshishini
ta`minlovchi shart-sharoit
shundan iborat-ki, ferment mikrob tomonidan ishlab
chiqilgan
bo`lishi
kerak.
Ma`lumki,
L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktamning
gidrolazasini zamburug`larning
Cryptococcus
,
Candida
,
Trichosporo
n avlodlarini
vakillari ishlab chiqaradi, bu fermentning faollovchilari sifatida ikki valentli metallar-
marganets, magniy va ruxning ionlari xizmat qiladi.
D-alfa-amino-epsilon-
kaprolaktamning rasemazasini bakteriyalarning
Achromobacter
,
Flavobacterium
avlodlarini o`stirish yo`li bilan ajratib olish mumkin.
Har ikkala ferment immobilizatsiyalangan uzluksiz ishlaydigan apparatga
joylashtirilib, D, L-alfa-amino-epsilon-kaprolaktam substrati bilan bu fermentlarning
birgalikdagi ta`siriga asoslangan fermentativ reaksiya o`tkaziladi.
Yuqorida
keltirilgan kimyoviy reaksiyalarning murakkabligidan ko`rinib turibdiki, organik
sintezga asoslangan uslubni qo`llash qator texnologik
operatsiyalarni amalga
oshirishni talab qiladi. Bu reaksiyalarning har birini amalga oshirish tegishli
qurilmani va uni amalga oshirilishini nazorat qiluvchi moslamalarni bo`lishini talab
qiladi. Bu xildagi sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilishda ko`pincha
qator toksik
moddalardan va ancha qimmat bo`lgan o`ta toza kimyoviy moddalardan
foydalanishni, shuningdek rasematlarni ajratib olish bilan bog`liq qiyinchiliklarni
yengishga to`g`ri keladi
Dostları ilə paylaş: