- 18 -
ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida
ishlab chiqarishni tashkil qilish ikki xil texnik sxema
asosida amalga oshirilishi
mumkin. Ular bir biridan asosan mikrob o`stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari bilan
farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki
bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi.
Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida,
uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan
foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida
xizmat qiladigan moddani
hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi
hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham
kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda
tegishli
aminokislotagacha
transformatsiyalaydi.
Bunda
sanoat
miqyosida
fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani
mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita
transformatsiya uchun
foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik-
kimyoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng
foydalaniladi
Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm
tomonidan ishlab
chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat
qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi.
Dostları ilə paylaş: