- 9 -
Shuningdek,
yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda
foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari,
tibbiyot va
veterinariya ehtiyoji uchun kerak bo`lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur
bo`lgan biologik o`g`itlar, o`simliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat
miqyosida ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli
transformatsiya jarayonlaridan foydalangan holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari
tarkibiga qo`shish
uchun kerakli moddalar, yarim sintetik antibiotiklar va dorivor
moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan
sintez yagona biotexnologik tizimdan iborat bo`lishi lozim. Bu tizim o`z ichiga ishlab
chiqariladigan mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi
shakli va miqdoriy
ko`rsatkichiga qarab ketma-ket amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni
qamrab oladi. Biotexnologik tizimning umumiy ko`rinishi 1-Rasmda keltirilgan.
Odatda mikrob-produsentni tanlashda mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor
shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar biologiya,
seleksiya va molekulyar
genetikaning eng so`nggi yutuqlari bilan qurollangan holda ishni mikrob hujayralarini
biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli bilimlarga tayanib olib
boriladi. Shu yo`sinda produsent-shtammning biotexnologik jihati baholanadi va
uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik tizimning
samaradorligi produsent-mikrobning maqsadli mahsulot
ishlab chiqarishini
ta`minlashda uni o`stirishga tegishli bo`lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo`lgan
kimyoviy komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash variantlarini bir
tomondan mikrob hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan va boshqa
tomondan texnologik uslub va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay
bo`lgan variant tanlab olinadi. Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-
mikrob hujayralarini o`stirish rejimini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga egadir..
Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal qondirishga intilish lozim.
Shundagina hujayraning genetik potensialidan to`liq foydalanish mumkin bo`ladi. Bu
narsa o`simlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil bo`ladigan karbonsuvlarni
hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yilishi achitqili biomassani
karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning
qurilishidan boshlab yanada
rivojlanib ketdi.
Hujayrani o`stirishni ta`minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai
nazaridan baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda
matematik modellashtirish asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik
boshqarilishiga erishish yaxshi samara beradi.
Biotexnologik tizimning to`liq va uzluksiz ishlashini ta`minlashning
keyingi
bosqichi maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va o`z vaqtida
undan foydalanilishini ta`minlashdan iborat bo`ladi.