M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
 
Аннотация 
Данное учебное пособие создано в соответсвие с требованиями государственного 
образовательного стандарта (ГОС) Р Уз и учебной программы разработанной для магистров 
по специальности «5А420104-биотехнология» по предмету «Биотехнология биологически 
активных и лекарственных веществ». 
В ней рассматриваются вопросы касающисся строению, общих свойст классификации 
биологически активных и лекарственных веществ, перспективь развития биотехнологии 
биосинтеза аминокислот и выделения ферментов в промышленном масштабе, а также 
биотехнологические приѐмы микробиологической трансформации органических веществ. 
В учебном пособии для достижения эффективности усвоения описанных материалов
приводятся таблицы, графики, рисунки, формулы и уравнению и они согласуются 
материалами соответствующих тем. 
Учебная пособия расчитана для бакалавров биологов, магистров биохимиков и 
биотехнологов, а также широкой читательской публике извявляющей желание расширить 
свои знания по современным достижениям биотехнологии. 
Mas`ul muharrir
: Samarqand davlat universiteti, Botanika va o`simliklar 
fiziologiyasi kafedrasi professori, biologiya fanlari 
doktori

J.X.Xo`jayev
Taqrizchilar:
Samarqand davlat universiteti, Fiziologiya, genetika 
va biokimyo kafedrasi professori, biologiya fanlari 
doktori

Z.F.Ismoilov
 
Samarqand 
Tibbiyot 
Instituti, 
Bioanorganik, 
bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti, 
biologiya fanlari nomzodi,
D.A.Abdullayeva
 
 
 
 
 


- 3 - 
Kirish 
So`nggi o`n yilliklar davomida biologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi 
biotexnologiyaning an`anaviy yo`nalishlariga, texnik mikrobiologiya va texnik 
biokimyo yo`nalishlariga yangiliklarni kiritibgina qolmay, balki genetik va 
hujayraviy muhandislik kabi yangi istiqbolli yo`nalishlarni maydonga keltirdi. 
Endilikda biotexnologiya moddiy resurslar, energiya ta`minoti va atrof-muhit 
muhofazasi muammolarini sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ilmiy asoslangan 
tarzda hal qilish masalalarini yechishga qodir bo`lib bormoqda. 
Muayyan o`quv qo`llanmaning yaratilish zarurati XX asrning ikkinchi yarmida 
biologiya fanlari tizimi negizida alohida fan sifatida shakllangan biotexnologiyaning 
erishgan hozirgi yutuqlari, uning sivilizatsiyani zamonaviy rivojlanishidagi tutgan 
o`rnini benihoya o`sib borayotganligidan kelib chiqadi. Zamondoshlarimiz 
biotexnologiya atamasi bilan nomlangan fanning paydo bo`lishinigina emas, balki 
shu nom bilan atalgan mutaxassis kadrlar-magistrlar, fan nomzodlari va doktorlari 
tayyorlanilayotganligini 
guvohi 
bo`lib 
turibdilar. 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan “Ta`lim tog`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
talablaridan kelib chiqqan holda respublikamizda ham biolog (5140100) bakalavrlar 
negizida biotexnolog (5A420104) magistrlar tayyorlashga kirishildi. Magistr 
akademik darajali biotexnolog mutaxassislarni tayyorlash uchun ishlab chiqilgan 
o`quv rejasidagi ushbu mutaxasislikni shakllantirish uchun xizmat qiladigan fanlar 
va ularning namunaviy dasturlari dastlabki sinovlardan o`tkazildi.
Shubhasiz, biotexnolog magistr akademik darajali mutaxassislarni tayyorlashda 
“Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi” fanining ham alohida o`rni bor. 
Bu o`rinda aytish mumkin-ki, ushbu fan ma`lumotlari fizika, kimyo, biokimyo, 
molekulyar biologiya va genetika uslublariga tayangan holda bo`lajak mutaxasisni 
shakllanishida uning o`z kasbiga oid bilim, ko`nikma va malaklar bilan 
qurollantirishda alohida ahamiyatga ega bo`ladi. 
Muayyan qo`llanmada biofaol moddalarning tasniflanishi, aminokislotalarni 
biosintezi texnologiyasi va sanoat miqyosida ajratib olish istiqbollari, antibiotiklar, 
bakterial dori-darmonlar, fermentlarni ajratib olish hamda organik moddalarni 
mikrobiologik transformatsiyalash va ularni qaytarilishini amalga oshirish yo`li bilan 
biofaol moddalarni ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid 
ma`lumotlar keltirilgan. Unda materiallarni o`zlashtirilishini samaradorligini oshirish 
maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar va biokimyoviy formulalar hamda tenglamalar
keltirilgan bo`lib, ular mavzular matnlari bayoni bilan uyg`unlashtirilgan hamda 
materiallarni chuqur o`zlashtirilishini ta`minlaydi.
Muayyan qo`llanmada materiallarni o`zlashtirilganlik darajasini tekshirish 
uchun tuzilgan 108 ta test savollari ham keltirilgan. Shu bilan birgalikda o`quv 
qo`llanmaning eng oxirida talabalar tomonidan fan materiallarini o`zlashtirilgandan 
keyin o`z bilimlarini o`zlari baholash imkoniyati yaratilgan. Bu narsani amalga 
oshirish uchun ko`p tanlov javobli topshiriq shakllari, javoblar to`g`riligini aniqlash 
matrissasi va javoblarni bahosini aniqlashga tegishli formulalar keltirilgan. Unga 
muvofiq talaba o`z bilimini o`zi baholay oladi va fanni o`zlashtirish ko`rsatkichi 
qoniqarsiz bo`lib chiqsa, yoki aniqlangan baho ko`rsatkichi talabani qoniqtirmasa, u 
materialni yana takrorlashi, ya`ni yana qo`shimcha ravishda o`z ustida ishlashi 


- 4 - 
zarurligini aniqlashi ham hisobga olingan. Shu asnoda fikr yuritilganda, o`quv 
qo`llanmani mualliflari ushbu fanga oid ma`lumotlarni talabalarga yetkazish, ularni 
o`zlashtirish ko`rsatkichlarini nazorat qilish va o`z bilimlarini o`zlari baholashlarini 
hisobga oluvchi yangi pedtexnologik yondashuvlarni ham qo`llashga harakat 
qilsihgan desa bo`ladi. 
Ushbu o`quv qo`llanma biolog bakalavrlar, biokimyogar va biotexnolog
magistrlar, mikrobiologik oziq-ovqat sanoati va tibbiy sanoat xodimlari, shuningdek 
qishloq xo`jalik xodimlari hamda zamonaviy biotexnologiya faniga oid bilimlarini 
chuqurlashtirishni xoxlovchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo`ljallangan.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin