- 7 -
1.2. Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish
Shu narsa ma`lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya
nurini chapga
buruvchi aminokislotalar, ya`ni L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan. Ko`p
davlatlarda qishloq xo`jalik hayvonlari uchun standart qo`shimcha oziqa sifatida soya
o`simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda
sanoat miqyosida bir hujayralilar, ya`ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug`lar
o`stiriladigan muhitni yaratib oqsil ajratib olish yo`lga qo`yildi.
Ancha vaqtlardan
buyon zamburug`larning
Sacharomyces
avlodi vakillarini qandli achitish
qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas olish muhitida o`stirib oziq-ovqat, tibbiy
preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yo`lga qo`yilgan. Gidroliz sanoatini paydo
bo`lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so`ng aerob fermentatsiya
sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish yo`lga qo`yila
boshlandi. Bu narsa o`simlik manbalarini kislotali
gidrolizi natijasida hosil
bo`ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini
beradi. Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yish ishlari achitqili
biomassani karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan
boshlab yanada rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan
boshlab neft tarkibidagi
karbon vodorodlardan foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga
moslashgan mikrobiologik sanoatni mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga sababchi
bo`ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni n-alkanlardan foydalangan holda
o`stirilgan bo`lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, organik sintez chiqindilaridan
ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo`ldi. Parafinlar asosida
o`stiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo`lishi
mumkin
ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator
vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar ko`p bo`ladi,
ya`ni u juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi.
Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini
metan va metanol muhitida
o`stiriladigan bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo`ladi. Bakterial
biomassa tarkibidagi oqsilning miqdori 70 % gacha yetadi va biomassaning hosil
bo`lish jadalligi achitqidagidan ancha yuqori bo`ladi.
Achitqi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo`yicha standart
sifatida qabul qilingan soya o`simliginikidan
biroz farq qilsada, mikrob oqsillari
tarkibida ham aminokislotalarning to`liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin,
triptofan va boshqalar standartdagidan biroz ko`proq miqdorda uchraydi.
1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari
haqidagi ma`lumot keltirilgan .
1-Jadvaldagi ma`lumotlaridan ko`rinib
turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi
aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo`l bilan olinadigan biomassaning
tarkibidagi aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham
almashinmaydigan aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari
juda yaqin hamda
ulardan to`la qimmatli oziqa sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani
tadqiq qilish shuni ko`rsatdi-ki, go`sht va sut ishlab chiqarishga yo`naltirilgan
chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qo`llash uni texnologik va iqtisodiy
jihatdan samaraliroq bo`lishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi oqsil arpa yoki
sulidagiga nisbatan o`rtacha 5 marta ko`proq (jumladan lizin 10 marta, metionin 5
- 8 -
marta va triptofan 3 marta ko`proq) bo`ladi. Bundan tashqari quruq achitqida amaliy
jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o`sish omillari uchraydi.
Qishloq
xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara
beradi. Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g`allani iqtisod qilish va qo`shimcha ravishda
0,8 t cho`chqa go`shti, 5 t parranda go`shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish
imkonini beradi. Buzoq va cho`chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo`shish
aholi uchun 6 t sutni qo`shimcha ravishda yyetkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: