- 11 -
1.3. Mikroblar yordamida ajratib olinadigan biofaol moddalar
Biopreparatlarni, ularni ajratib olish texnologiyalariga qarab uchta guruhga
bo`lish mumkin bo`ladi:
1. Tovar mahsulot sifatida tirik mikroorganizmlar komponentini tutuvchi
biopreparatlar. Bu xil tovar mahsulotlari jumlasiga o`simliklarni muhofaza qilish
vositalari, bakterial o`g`itlar, yem-hashaklarni silosga aylanishini ta`minlovchilar,
biodegradientlar va boshqa biotransformatsiyalovchi faol vositalar kiradi.
2. Faolsizlantirilgan hujayralar va ularni qayta ishlash
natijasida hosil qilingan
biomassalardan tashkil topgan biopreparatlar. Bular jumlasiga achitqili oziqa,
zamburug`li mitselliylar va boshqalar kiradi.
3. Mikroorganizmlarning metabolizmi asosida tozalab ajratib olingan
biopreparatlar. Bular jumlasiga vitaminlar,
aminokislotalar, fermentlar, antibiotiklar,
biolipidlar, polisaxaridlar, mikrob biomassalari va metabolitlarini
kompleks qayta
ishlash mahsulotlari kiradi.
Biotexnologiyaning istiqboldagi imkoniyatlari cheksiz. Hozirgi kunda uning
uchta yo`nalishi diqqatga sazovordir.
1. Qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratilgan yo`nalish. Bu sohaga:
- yog`och qoldiqlari va neftning karbonvodorodlarini gidrolizlash asosida ajratib
olinadigan mikrob oqsillaridan chorva mollari ratsionini yaxshilashda foydalanish;
- chorva mollari oziqasiga qo`shib berish maqsadida almashinmaydigan
aminokislotalar biosintezini sanoat miqyosida amalga
oshirish;
- mikrob oqsili, aminokislotalar, vitaminlar va boshqa chorva mollari ratsionini
boyitishdan tashqari, parrandalar va qishloq xo`jalik
hayvonlarini kasalliklarini
profilaktikasini
amalga
oshirishda,
shuningdek
madaniy
o`simliklarning
zararkunandalariga qarshi samarali kurashni amalga oshirishda virus va bakterial
preparatlardan foydalanish;
- dehqonchilik uchun bakterial o`g`itlardan foydalanish: bu preparatlar tarkibi
azot yig`uvchi mikroorganizmlardan tashkil topgan bo`lib, ular havo azotini
o`zlashtirish, uni o`simlik tomonidan ham oson o`zlashtirilishini ta`minlanishiga
erishish;
- qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi xom-ashyosini qayta ishlash va chorvachilik
uchun yangi turdagi yem-oziqa ishlab chiqarishda
ferment preparatlaridan
foydalanish kabilar kiradi. Bu maqsadda multienzim komplekslar (MEK) yaxshi
samara beradi. Somonni oziqaviy somonkonsentrat (oqsilli-karbonsuvli oziqa) ga
aylantirishda MEK dan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Agar
biotexnologiyaning rivojlanishini «birinchi davri» da fermentlar kompleksining
imkoniyatlari chegaralangan bo`lsa, uning «ikkinchi davri» da fermentativ spektri
juda keng bo`lgan MEK lar ishlab chiqildi.
2. Biotexnologiyaning ikkinchi rivojlanish yo`nalishi biologiya tizimi fanlari va
sog`liqni saqlashga oid izlanishlarni o`z ichiga oladi.
Gen muhandisligi va
molekulyar biologiyaning yutuqlari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va davolash
maqsadlari uchun foydalaniladigan yuqori samara beruvchi antibiotiklar, monoklonal
antitelalar, interferon, vitaminlar, aminokislotalar, shuningdek fermentlar va boshqa
biopreparatlarni ishlab chiqarish mumkin bo`ladi. Bu preparatlarning ba`zilari hozirgi
kunda tibbiyot va veterinariyada samarali ravishda foydalanilmoqda.
- 12 -
3. Biotexnologiyaning uchinchi rivojlanish yo`nalishi sanoat uchun kerak
bo`ladigan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirdan boshlab bu mahsulotlar
oziq-ovqat va yengil sanoat ehtiyojlari uchun kerak bo`ladigan
fermentlar misolida
ishlab chiqarila boshlandi. Yaqin kelajakda sanoatning metallurgiya (flotatsiya
jarayonida ba`zi moddalardan foydalanish, metallani quyish jarayonlari) da, neft-gaz
sanoati (quduqlar qazishda, o`simlik va mikrob biomassalaridan kompleks
foydalanish) da, rezina va lak sanoati (sintetik kauchukka oqsil qo`shimchasi qo`shib
sifatini yaxshilash) da foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: