Dars maqsadi: Ta’l imi y maq sad :
O’quvchilarga Butunturkiston musulmonlarining Qo’qonda bo’lib o’tgan favqulodda III qurultoyi
hamda Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi, Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat
hukumatining qo’llab-quvvatlanishi, Bolsheviklarning Turkiston Muxtoriyatiga qarshi kurashi,
Qo’qon fojiasi, Sovet hokimiyatining harbiy kuchlari bo’lgan qizil gvardiyachilar va dashnoqlar
tomonidan muxtoriyat hukumatining tor-mor qilinishi haqida tushunchalar berish
Tarixiy voqeiylikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi: ( FK1) O’zbekiston tarixiga oid davr va yillarni o’zlashtiradi. Tarixiy va geografik makon, tarixiy davr
haqida ma’lumot bera oladi;
1917-yildan 1918-yilning mart oyigacha bo’lgan davrda O’zbekiston tarixida sodir
bo‘lgan voqea va
jarayonlarga tarixiy davr nuqtai nazaridan munosabat bildira oladi.
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi: ( FK2) tarixiy xaritalar va qo‘shimcha manbalar ustida ishlay oladi;
1917-yildan 1918-yilning mart oyigacha bo’lgan davrda O’zbekiston tarixida sodir
bo‘lgan tarixiy
voqeiylikni bayon qilishda tarixiy atamalar, sanalar, shaxs nomlari, toponimik atamalarni sharhlay
oladi;
Tar b iyavi y maq sad
Kommunikativ kompetensiya: ( TK1) o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, davr bilan dialogga kirishish,
ilmiy muloqotni tashkil etish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy
hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z nuqtai nazarini asoslash, himoya qilish va
jamoaviy qarorlar qabul qilish;