№4 2022 73
qarshi turish xususiyatlari ortib bormoqda. Yuqoridagilarni xisobga olgan holda
insonlarni salomatliklarini muhofaza qilishda biologshlar oldida katta vazifalar
turibdi.
Ma’lumki, insonlar avvalo nimalarni bilishi, qo‘lidan qanday ishlar kelishi bilan
tavsiflanadi. Binobarin, ilmli, ma’lum ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan,
ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifalaridan biriga
aylanmoqda. Biroq, ta’lim da uzoq yillardan buyon qo‘llanilayotgan an’anaviy ish
uslublari o‘quvchilarni dars materialini faqat yodlash, takrorlab berishga qaratilgan
bo‘lib, bu usul yoshlarni ijodiy bilim olishga, ma’lum yo‘nalishlarda malaka va
ko‘nikmalar hosil qilishlariga yetarli imkon bermas edi.
Biologiya ta’limidagi bu muammolarni hal etish uchun amaldagi ish
uslublarimizni qayta ko‘rib chiqish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish,
ta’lim- tarbiya ishlarini zamon talablariga keltirish, ta’lim muassasalari uchun yuqori
salohiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’limning material bazalarini
yanada boyitish kabi ishlarni amalga oshirishlik zarur.
Keyingi yillarda ta’limdagi texnologiya masalalariga qiziqish tobora
kuchaymoqda. Har qanday pedagogik texnologiyaning asosi uning maqsadlarni
aniqlashdan boshlanishi kerak.
Texnologiya yunoncha «Texnos»-hunar, «logos»-fan so‘zlaridan tashkil
topgan.[4,14]
Texnologik jarayon- mehnat qurollari bilan mehnat vositalari (xom ashyo)
yordamida mahsulot yaratishdir. Ishlab chiqarishdagi barcha faoliyat ishchi qo‘li,
mehnat vositalari va xom ashyo bilan turli tovarlar, mahsulotlar ishlab chiqishga
qaratilgan jarayonlardir.
Darhaqiqat, ta’limda ham o‘ziga xos texnologiyalar bo‘lib, bu texnologiyalar
orqali o‘qituvchi o‘quvchiga ta’sir etib, ularda ma’lum malaka va insoniy sifatlarni
shakllantiriladi.. An’anaviy texnologiyalar takomillashtirlib. yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga o‘tilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalarning bir
qancha tashkiliy shakllari paydo bo‘lmoqda.Yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish shaxsiy o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida aks
ettiradigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir.
Texnologiya tartibga solish kuchiga ega. U erkin ijod qilishga undaydi.
Pedagogik texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, ayni
bosqichlarni o‘rganishga qaratilgan amallardan iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiya
tarkibiga:
ta’lim maqsadlarini ishlab chiqish;
ta’lim maqsadlari taksonomiyasini ishlash;
ta’lim maqsadlarini sinov (test) topshiriqlariga aylantirish;
maqsadga erishish yo‘llarini aniqlash;