I I I BOB.
ALOQA VOSITALARI
152
Simli va simsiz tarmoqlarda ma‘lumotlarni uzatish tezligi ushbu tarmoqlar ulangan
tezlikka asoslanadi. Tarmoqning ma‘lumotlarni uzatish tezligi uning tarkibiy qismlariga
bog‘liq.
Simli tarmoqlar uchun tarmoq tezligi foydalaniladigan kabellar nominal tezligi bilan
belgilanadi. Eng keng tarqalgan kabelning tezligi 1 Gb (gigabayt)ni tashkil etadi, bunday
kabellar sekundiga 1 000 Mb ma‘lumotni uzatishi mumkin.
Simsiz tarmoqlarning tezligi ular foydalanadigan standartlarga bog‘liq. Wi-Fi standartlari
IEEE tomonidan sertifikatlangan. Simsiz tarmoqlar uchun asosiy IEEE standarti 802.11
bo‘lib, ushbu belgi ostida qator texnik xususiyatlar mavjud. 802.11 standartlari tezlik,
uzatish diapazoni va ulardan foydalanish chastotasi jihatidan farq qiladi.
AMALIY MASHG‘ULOT.
№
Ethernet kabelni tayyorlash
1.
Kerakli vositalar tayyorlab olinadi:
– Ethernet kabel;
– RJ-45 ulagich;
– RJ-45 qisqich;
– qaychi;
– himoyalovchi rezina (ixtiyoriy).
2.
Ulanishi kerak bо‘lgan ikkita qurilma orasidagi masofani
о‘lchang. Masofani aniqlagach, qaychi bilan kerakli
uzunlikdagi kabelni kesib oling. Kabelga himoyalovchi
rezinani kiriting, chunki uchiga ulagich ulanganidan sо‘ng uni
kirita olmaysiz.
3. Kabel uchidan 20–30 cm qoldirib, RJ-45 qisqichi yordamida
kabel qobig‘ini qirqib oling. Buning uchun kabelni qisqich
teshigiga joylashtiring, siqish moslamasini avaylab siqing
va uni aylantirib, qobiqni ajratib oling. Bunda qobiq ichidagi
simlarga shikast yetmasligi kerak.
MA‘LUMOT UZATISH TEZLIGI
3-DARS
ALOQA VOSITALARI
ALOQA VOSITALARI
153
4. Kabel ichida tо‘rtta juft sim bir-biriga bog‘langanligini
ko‘rasiz, ularni ajratib ochib chiqing.
5.
Sakkizta alohida sim olish uchun to‘rtta juftlikni ajratib
chiqing. Simlarni iloji boricha tekislang.
6.
Simlarni tо‘g‘ri tartibda joylashtirib, siqish uchun tayyorlash kerak. Ethernet kabellarda
T-568A, T-568B nomli simlar ketma-ketligi uchun standartlar mavjud. Ikkalasining
yagona farqi shundaki, ularda to‘q sariq va yashil juft simlar almashtiriladi.
T-568B AQSHda juda keng tarqalgan, chunki u eski telefon qurilmalariga mos keladi.
T-568A esa dunyoda tobora ommalashayotgan, tez-tez uchrab turuvchi standart
hisoblanadi.
|