Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I I I BOB.  ALOQA VOSITALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I I I BOB. 
ALOQA VOSITALARI
152
Simli va simsiz tarmoqlarda ma‘lumotlarni uzatish tezligi ushbu tarmoqlar ulangan 
tezlikka asoslanadi. Tarmoqning ma‘lumotlarni uzatish tezligi uning tarkibiy qismlariga 
bog‘liq.
Simli tarmoqlar uchun tarmoq tezligi foydalaniladigan kabellar nominal tezligi bilan 
belgilanadi. Eng keng tarqalgan kabelning tezligi 1 Gb (gigabayt)ni tashkil etadi, bunday 
kabellar sekundiga 1 000 Mb ma‘lumotni uzatishi mumkin.
Simsiz tarmoqlarning tezligi ular foydalanadigan standartlarga bog‘liq. Wi-Fi standartlari 
IEEE tomonidan sertifikatlangan. Simsiz tarmoqlar uchun asosiy IEEE standarti 802.11 
bo‘lib, ushbu belgi ostida qator texnik xususiyatlar mavjud. 802.11 standartlari tezlik, 
uzatish diapazoni va ulardan foydalanish chastotasi jihatidan farq qiladi.
AMALIY MASHG‘ULOT.

Ethernet kabelni tayyorlash
1.
Kerakli vositalar tayyorlab olinadi:
– Ethernet kabel; 
– RJ-45 ulagich;
– RJ-45 qisqich;
– qaychi;
– himoyalovchi rezina (ixtiyoriy).
2.
Ulanishi kerak bо‘lgan ikkita qurilma orasidagi masofani 
о‘lchang. Masofani aniqlagach, qaychi bilan kerakli 
uzunlikdagi kabelni kesib oling. Kabelga himoyalovchi 
rezinani kiriting, chunki uchiga ulagich ulanganidan sо‘ng uni 
kirita olmaysiz.
3. Kabel uchidan 20–30 cm qoldirib, RJ-45 qisqichi yordamida 
kabel qobig‘ini qirqib oling. Buning uchun kabelni qisqich 
teshigiga joylashtiring, siqish moslamasini avaylab siqing 
va uni aylantirib, qobiqni ajratib oling. Bunda qobiq ichidagi 
simlarga shikast yetmasligi kerak.
MA‘LUMOT UZATISH TEZLIGI


3-DARS
ALOQA VOSITALARI
ALOQA VOSITALARI
153
4. Kabel ichida tо‘rtta juft sim bir-biriga bog‘langanligini 
ko‘rasiz, ularni ajratib ochib chiqing.
5.
Sakkizta alohida sim olish uchun to‘rtta juftlikni ajratib 
chiqing. Simlarni iloji boricha tekislang.
6.
Simlarni tо‘g‘ri tartibda joylashtirib, siqish uchun tayyorlash kerak. Ethernet kabellarda 
T-568A, T-568B nomli simlar ketma-ketligi uchun standartlar mavjud. Ikkalasining 
yagona farqi shundaki, ularda to‘q sariq va yashil juft simlar almashtiriladi.
T-568B AQSHda juda keng tarqalgan, chunki u eski telefon qurilmalariga mos keladi. 
T-568A esa dunyoda tobora ommalashayotgan, tez-tez uchrab turuvchi standart 
hisoblanadi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin