Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Aloqa vositalari
tarmoq ishidagi asosiy vositalardan biri hisoblanib, ulardan axborotlarni bir 
kompyuterdan boshqasiga uzatishda foydalaniladi. Ular orqali raqamli yoki analog signallar 
о‘tkaziladi. Signal uzatish tezligi va uzatish kengligiga kо‘ra ularning bir necha turi mavjud. 
Simli aloqa vositalari (kanallari) yoki о‘tkazgichlar
– axborotlarni uzatishning fizik muhiti 
sifatida izolyatsiyalanmagan sim asosida qurilgan oddiy havo aloqa kanallari hamda izolyat-
siyalangan va ekranlangan (tо‘siq orqali tashqi ta‘sirdan saqlangan) kabelli yer usti, yer osti va 
suv osti aloqa kanallari. 
Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun koaksial, о‘rama juft (ingl. 
toking ring;
rus.
 витая 
пара
) va optik tolali (dastlab shisha, hozirda esa plastik tola) kabellar ishlatilishi mumkin. 
– koaksial kabellar (coaxial cable) televizion antenna kabeliga juda о‘xshash;
– о‘ralgan juft kabellar (tvisted pair) telefon simini eslatadi;
– optik tolali kabellar (fider-optic cable) – eng ishonchli va tez, ammo nisbatan qimmat turuv
-
chi kabel.
Ethernet
– LANdagi sim va signallarni aniqlaydigan eng keng tarqalgan standart.
Ulagich
(ing. Jack) – Ethernet kabelga ulanadigan qurilma.
SIMLI ALOQA VOSITALARI
Tarmoq kabellari texnik kо‘rsatkichlari
Kabel turi
О‘tkazish tezligi,
Mbit/sek
Tarmoqni hosil qiluvchi 
nuqtalar orasidagi masofa
Koaksial kabellar
300 Mbit/sek
500 m
О‘ralgan juft kabellar
10 Gbit/sek
100 m
Optik tolali kabellar
10/100/1000 Gbit/sek; 
10/40/100/200 Gbit/sek
80 km
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
ALOQA VOSITALARI
ALOQA VOSITALARI
147
Kabelning har bir turi о‘zining ustunlik va kamchilik tomonlariga ega, shuning uchun kabel 
tanlashda hal etiluvchi masalalar, alohida tarmoq xususiyatlari hisobga olinishi zarur. 
Koaksial kabel dielektronik bilan qoplangan ekranlovchi himoya 
qobiqli mis о‘tkazgich (sim)dan iborat. Koaksial kabelda 
ma‘lumotlarni uzatish tezligi yetarli darajada yuqori (300 Mbit/s 
gacha). Bu tipdagi kabellarning narxi boshqa о‘tkazgichlarga 
nisbatan ancha arzon bo‘lib, tashqi elektromagnit maydonlar 
ta‘siridan yaxshi himoyalangan. Koaksial kabelni tо‘siq (devor)-
lar kam bо‘lgan muhitda ishlatish maqsadga muvofiq. Odatda, 
biz antennadan televizorga signal uzatish uchun koaksial 
kabeldan foydalanamiz.
О‘ralgan juft kabellar eng arzon va bugungi kunda keng 
tarqalgan kabellardir. О‘ralgan juft asosli kabel bir necha juft 
dielektrik (plastikli) qobig‘i izolyatsiyalangan, buralgan mis 
simlardan tashkil topgan. U ancha egiluvchan va joylashtirish 
uchun qulay. Odatda, kabel tarkibiga 2 ta yoki 4 ta о‘ralgan 
juftlik kiradi.
Ular 3 guruhga bо‘linadi: 
1) ekranlanmagan (unshielded twisted pair, UTP) – 
himoyalanmagan о‘ralgan juft kabellar;
2) folga o‘ralgan (Foiled Twisted Pair, FTP) – har bir juft emas, balki umumiy qalqonga ega, 
alyumin folga о‘ralgan juft kabellar;
3) ekranlangan (shielded twisted pair, STP) – har bir juft qobig‘iga metalli ekran qoplamasi 
qoplangan, himoyalangan, о‘ralgan juft kabellar.
Ekranlanmagan о‘ralgan juft kabellar tashqi elektromagnit ta‘siridan, shuningdek, uzatilgan 
axborotning qo‘lga kiritilishdan kam himoyalanganligi bilan tavsiflanadi (sanoat shpionaji 
maqsadida uzatilayotgan axborotni kontakt usuli yordamida, kabelga sanchilgan ikkita igna 
yordamida eshitish yoki kabel tarqatayotgan elektromagnit maydonlarini radio orqali ushlab 
olish mumkin). Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun ekran qoplash usuli qо‘llaniladi. 
Berilgan uzatish tezligida signalning sо‘nishi (kabelda yurishi bо‘yicha uning darajasi, miqdori-
ning pasayishi) koaksial kabellarga nisbatan ancha yuqori. 
Ethernet kabellari har ikkala uchiga RJ45 ulagichlari о‘rnatilgan o‘ralgan juft kabel bo‘lib, ular 
turli qurilmalardagi tarmoq portlariga ulanadi.



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin