Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I I I BOB.  ALOQA VOSITALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I I I BOB. 
ALOQA VOSITALARI
148
RJ 45 (Registered Jack-45) ulagich
– tarmoqqa ulanish uchun faqat 
Ethernet kabellar bilan ishlatiladigan sakkiz pinli ulagich. RJ 45 standart 
tarmoq interfeysi bo‘lib, uni barcha tarmoq kabellarining uchida ko‘rish 
mumkin. Asosan, turli tarmoq qurilmalarida mavjud Ethernet kartalarining 
RJ-45 konnektoriga mos keladigan kichik plastik vilka.
Simsiz aloqa vositalari
Simli aloqada axborot uzatish masofasi kabellar о‘tkazilishi bo‘yicha belgilansa, simsiz 
aloqada axborot uzatish texnologiyalari turiga ko‘ra, radiuslarda belgilanadi. 
Barcha simsiz aloqa kanallarining afzalligi abonentlar uchun simli aloqa kanallarini о‘tkazish 
qiyin bо‘lgan joylarda ham aloqa о‘rnatishdan iborat. Quyidagilar simsiz aloqa kanallarining 
asosiy aloqa tizimlari hisoblanadi: infraqizil va mikrotо‘lqinli aloqa kanallari (IrDA), radiotо‘lqinli 
aloqa kanallari (Bluetooth, UWB, WiFi, WiMAX), mobil aloqa, sputnik aloqa tizimlari va h. k.
Optik tolali kabel
– sirtidan mustahkam himoya qobig‘i bilan 
qoplangan, ichida esa diametri 5 dan 100 mikrongacha bо‘lgan 
mayda shisha yoki plastik tolalardan iborat ingichka, egiluvchan, 
shaffof kabel. Bitta kabel tarkibida bunday tolalardan bitta yoki 
yuzlab bо‘lishi mumkin. Optik tolali kabel tarkibida tolalar qancha 
kо‘p bо‘lsa, shuncha katta miqdordagi xabarni uzatish imkoniyati 
vujudga keladi. 
Ma‘lumotlarni optik tolali kabellar orqali uzatish uchun elektr signallari o‘rniga nurdan 
foydalaniladi. Shu sababli ularda ma‘lumotni uzatish tezligi juda yuqori bо‘lib, 1000 Mbit/sek.
ga yetadi. Optik tolali kabellar ma‘lumot uzatish tezligi eng yuqori bo‘lgan eng qimmat simli 
vositadir. Ulardan kompyuter tarmoqlarining muhim ahamiyatga ega qismlarida, xususan, 
Internet tarmog‘ida foydalaniladi. 
Bluetooth
– radioto‘lqinlar yordamida qisqa masofalarda bir-biri bilan aloqa qilish 
imkoniyatini beruvchi kompyuter, telefon va boshqa qurilmalarda ishlatiladigan simsiz 
texnologiya.
Wi-Fi
(ing. 
Wireless Fidelity
– simsiz aniqlik) – qurilmalarni radioto‘lqinlari orqali mahalliy 
tarmoqqa hamda Internetga ulash imkonini beruvchi simsiz tarmoq texnologiyasi. 
WiMAX 
(ingl. 
Worldwide Interoperability for Microwave Access
– mikrotо‘lqindan 
foydalanishning butun jahon birligi) – keng polosali simsiz mintaqaviy tarmoq. 

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin