Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

ESLAB QOLING


I I I BOB. 
TARMOQ QURILMALARI
158
Svitch portlar orqali kelgan ma’lumotlar paketidan manzilni ajratib oladi va paketni qayerga 
yuborish kerakligini aniqlaydi. U paketlarni barcha portlarga emas, balki ma’lum bir port orqali 
kerakli qurilmalargagina yuboradi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta paketlarni uzatishi mumkin. 
Buzilgan signallarni esa uzatmaydi, aksincha, tashlab yuboradi va jo‘natuvchidan uni qayta 
yuborishni so‘raydi.
Svitchning asosiy ustunligi shundaki, u tarmoqdagi boshqa kompyuterlarni jalb qilmagan 
holda ma’lum kompyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Xab ma’lumot 
paketlarini bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa, svitch ma’lumotlarni 
faqat qabul qiluvchigagina yuboradi. Bu esa ma’lumotlar almashish tezligi hamda tarmoq 
xavfsizligini oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo‘ljallanmagan 
ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qilinadi.
Paketlar
– har qanday kо‘rinishdagi ma’lumot tarmoq orqali yuborilganda, uning kichik 
bо‘laklarga bo‘lingan qismi. Har bir paket tarmoq qurilmalari yordamida eng ma’qul 
yо‘nalish orqali qabul qiluvchiga yuboriladi. Paketlar kerakli manzilga yetib kelganidan 
keyin qabul qiluvchi qurilmada qayta yig‘iladi.
Xab
(ing. 
Hub
– faoliyat markazi) – kompyuterlarni bir-biriga bog‘lovchi qurilma. U 
qabul qilingan ma’lumotlarni o‘ziga ulangan barcha qurilmalarga uzatadi.
Svitch 
(ing. 
Switch
– о‘tkazgich) kompyuterlarni bir-biriga bog‘laydigan qurilma. U qabul 
qilingan ma’lumotni faqat belgilangan qurilmaga uzatadi.
Router
(ingl. 
Router
– yо‘riqnoma) kompyuter va tarmoqlarni bir-biriga bog‘laydigan 
qurilma.
Svitch xonadon/ofislarda bir nechta qurilmani ulashda ommalashgan bo‘lib, undan LAN tar
-
mog‘ini yaratishda yoki Internetga ulanishda foydalaniladi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin