Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Trafik – aloqa vositalari orqali uzatiluvchi ma’lumotlar oqimi. Qaytargich



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Trafik
– aloqa vositalari orqali uzatiluvchi ma’lumotlar oqimi.
Qaytargich
(ing. Repeater) – tarmoqqa ulangan 
kabellarda signallar bilan ishlaydigan analog qurilma. 
Ma’lumotlar kabel orqali uzatilganda, signallar belgilangan 
muayyan masofani bosib o‘tadi, xolos (odatda, taxminan 
100 m). Natijada, signallar belgilangan masofadan
tashqarida o‘z kuchini yo‘qotadi yoki zaiflashadi. Bunday 
sharoitda boshlang‘ich signallarni qayta tiklash yoki kuchaytirish zarurati tug‘iladi. Qaytargich 
kabelda susayib borayotgan analog signallarni qayta tiklaydi, so‘ngra kuchaytirib, navbatdagi 
aloqa kanali (kabel)ga uzatadi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
161
Tarmoqlararo himoya ekrani yoki xavfsizlik 
devori 
(ing. Firewall) – tarmoqqa kiruvchi va 
chiquvchi trafik nazoratini olib boruvchi qur
-
ilma yoki dasturiy ta’minot. Firewall avvaldan 
ko‘rsatilgan xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, ma’lum 
bir trafikni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik imkonini 
beradi. Ya’ni u birorta tugundan kiruvchi pa-
ketlarni inkor etish orqali turli ko‘rinishdagi tarmoq hujumlarini bartaraf eta oladi.
Shlyuz 
(ing. Gateway) – mahalliy tarmoq va 
global Internet tarmog‘i o‘rtasida “darvoza” 
vazifasini bajaruvchi asosiy kirish va chiqish 
“eshig”i. Gateway tarmoqning kirish va chiqish 
nuqtasi sifatida xizmat qiladi. Paketlarni 
kerakli manzilga yetkazish uchun oldindan 
belgilangan yo‘nalishlarga ko‘ra, tarmoqqa 
kiruvchi yoki chiquvchi barcha ma’lumotlar 
avval shlyuzdan o‘tishi kerak. Ma’lumotlar paketlarini yo‘naltirishdan tashqari, shlyuzlar 
tugun tarmog‘ining ichki ulanish yo‘llari hamda boshqa olis tarmoqlarning aniqlangan yo‘llari 
haqida ham ma’lumot beradi. Agar bitta tarmoqdagi tugun tashqi tarmoqning tuguni bilan 
bog‘lanmoqchi bo‘lsa, u ma’lumotlar paketini shlyuzga uzatadi, shlyuz esa, o‘z navbatida, eng 
maqbul yo‘nalish yordamida paketni oxirgi manzilga yo‘naltiradi.
Xonadon yoki kichik ofislarda Internetga ulanish uchun shlyuz bo‘lib, odatda, Internet-
provayder hisoblanadi. Masalan, router kompyuter tarmoqlarida shlyuz qurilmasi 
sifatida ishlash uchun mo‘ljallangan. Ammo shlyuz to‘liq dasturiy ta’minot, apparat yoki 
har ikkalasining kombinatsiyasida amalga oshirilishi mumkin. Tarmoq shlyuzi tarmoq 
chegarasida joylashtirilganligi sababli, odatda, xavfsizlik devori u bilan birlashtirilgan bo‘ladi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin