Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


Tarmoq qurilmalarini tanlash bo‘yicha maslahatlar



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

Tarmoq qurilmalarini tanlash bo‘yicha maslahatlar: 
– ma’lumotlar imkon qadar tez uzatilishini ta’minlash uchun tarmoq kartalari va kabellar 
uchun nominal tezlikni ko‘rib chiqing va ularni taqqoslang. WNIClar eng yangi simsiz 
standart (802.11ac)dan foydalanayotganligiga ishonch hosil qiling; 
– routerlarda portlar soni, simsiz ulanishlarni boshqarish imkoniyatiga egaligi, qancha 
tarmoqqa ulanishi mumkinligi va ichki o‘rnatilgan modem mavjudligini tekshiring;
– qurilmalar sizning talablaringizga, ulanish turi esa mavjud maydonga qanchalik mos 
kelishini ko‘rib chiqing (simli ulanish yaxshiroqmi yoki simsiz ulanish yaxshiroq ekanligini 
aniqlang).
AMALIY MASHG‘ULOT
ESLAB QOLING
Wi-Fi tarmog‘ini sozlash
Simsiz routerni o‘rnatish juda oson. Agar router Internet-provayderdan xarid qilingan bo‘lsa, 
router Internetga ulanish uchun zarur barcha sozlamalar, shuningdek, abonent identifikatori 
moduli (SIM) kartasi bilan birga bo‘ladi.


3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
163
Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatish va sozlash ketma-ketligi:
1) SIM-kartani Wi-Fi routeri SIM uyasiga joylashtiring;
2) routerni quvvat manbayiga ulang (1). Ba’zi routerlarda ikkita tashqi antennani routerga 
burash kerak bo‘lishi mumkin;
3) routerning orqa qismidagi yorliqda joylashgan ma’lumotlarga e’tibor bering;
4) LAN kabeli bir uchini router porti (2), ikkinchi uchini esa kompyuterning LAN portiga (3) 
ulang;
5) Internet kabelini routerning kiruvchi portiga ulang (4); 
6) “Quvvat” tugmachasini bosib, routerni ishga tushiring;
7) kompyuterni yoqing;
8) quvvat chirog‘i yonadi va ma’lum bir rangga aylanadi. Demak, dasturiy ta’minot o‘rnatishga 
tayyor;
9) kompyuterdagi ko‘rsatmalarga amal qiling;
10) Wi-Fi chirog‘i Wi-Fi yoqilganligini ko‘rsatish 
uchun ma’lum bir rangda bo‘ladi;
11) routerdagi quvvat paneli signal qanchalik 
kuchli ekanligini ko‘rsatadi.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin