Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


-DARS TARMOQ QURILMALARI



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
157
USB kabelidan foydalangan holda kompyuter yoki noutbukka ulanadigan tarmoq 
kartalari NIC deb emas, balki 
tarmoq adapterlari 
deb nomlanadi.
Simsiz tarmoq interfeys kartalari
simsiz tarmoqqa ulanish 
uchun maxsus antennaga ega tarmoq interfeys kartasidan 
foydalanadi. Smartfonlarda WNIC ma’lumotlarni uzatish 
signallari va Wi-Fi ulanish nuqtalariga bog‘lanish uchun 
ishlatiladi. 
Noutbuk hamda shaxsiy kompyuterlarda tarmoqqa ulanish 
uchun bir vaqtning o‘zida tarmoq interfeysi kartalari (NIC) 
hamda simsiz tarmoq interfeys kartalari (WNIC)dan 
foydalanish mumkin.
Simsiz ulanish nuqtalari
qurilmalarga simsiz tarmoqqa 
ulanish imkonini beradi. 
Simsiz ulanish nuqtasi ma’lumotlarni simsiz yuborish va 
qabul qilish xususiyati bilan ajralib turadi. Shuningdek, u 
tarmoqdagi qurilmalar haqida kerakli ma’lumotlarni berishi 
ham mumkin. Simsiz ulanish nuqtalari ofis yoki maktab 
binolari kabilarda WLANni o‘rnatish uchun ishlatiladi. 
Umuman olganda, tashqi ko‘rinishidan juda o‘xshash 4 ta 
asosiy tarmoq qurilmalari mavjud: xab, svitch, router va 
modem. Bu qurilmalarda turli kabellar [masalan, Ethernet kabellar yoki telefon liniyalari (DSL) 
kabellarini ulash joylari – portlar bo‘lishi mumkin.
Internetga ulanish uchun NIC yoki WNIClardan biri bo‘lishi shart. NIC/WNICning asosiy maq
-
sadi ma’lumotlarni qabul qilish, yuborish va formatlashdan iborat.
Xab yoki tarmoq konsentratori 
turli xil qurilmalarni kabellar 
orqali bog‘lash uchun ishlatiladigan tarmoq qurilmasi bo‘lib, 
tarmoqdagi kompyuterlar orasida ma’lumot almashish 
imkonini beradi. Bir portdan olingan ma’lumotni kuchaytiradi 
va uni boshqa barcha portlarga uzatadi. Xabga ulangan 
barcha qurilmalar bir-biri bilan muloqot qila oladi.
Tarmoq qurilmalarining har biri o‘ziga xos qanday funksiyalarga ega?

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin