Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Shaxsiy kompyuteringizda VPN profilini yarating.
2. Tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnologiyalarning 
afzallik va kamchiliklarini tahlil qiling va jadvalni to‘ldiring:
UYGA VAZIFA
Afzalliklari
Kamchiliklari
Xavfsizlik devori
Antivirus dasturlari
Arxivlash dasturlari
VPN


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
280
58-dars. AXBOROTLARNI HIMOYALASH VA 
ZAXIRALASH USULLARI
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Biometrik pasport
(e-pasport, ePasport yoki raqamli pasport) – pasportning bir turi. Biometrik 
pasport ham elektron, ham qog‘oz ko‘rinishidagi pasport bo‘lib, unda pasport egasi haqida biometrik 
maʼlumotlar saqlanadi. Biometrik pasportlarda kontaktsiz aqlli karta (ingl. 
contactless smart card

texnologiyasidan, jumladan, mikroprotsessor chiplari (komputer chiplari) va antennadan (chipga 
quvvat yetkazish va kommunikatsiya uchun) qo‘llaniladi. 
Milliy haydovchilik guvohnomasi
da jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) 
va qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus 
elektron belgi (NFC Smart-kart) mavjud. 
ID (identifikatsiya) karta
– shaxsning biografik ma’lumotlari, raqamli fotosurati, barmoq izlari 
(16 yoshga to‘lganida) va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini (16 yoshga to‘lganda) saqlovchi 
plastik karta ko‘rinishidagi hujjat. Jahon tajribasida undan nafaqat shaxs va fuqarolikni tasdiqlovchi 
guvohnoma, balki bank plastik kartasi, haydovchilik guvohnomasi, ochiq kalit, elektron hamyon 
sifatida ham foydalaniladi.
Inson hayoti davomida ko‘plab yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin (masalan, moddiy va 
ma’naviy yо‘qotishlar). Inson uchun qayta tiklab bo‘lmas darajadagi bebaho narsani yo‘qotish, 
odatda, uning ko‘p narsadan ko‘ngli qolishiga sabab bo‘ladi. Deylik, ota-onangizga sovg‘a 
olish uchun bir necha oydan beri jamg‘arib yurgan mablag‘ingizni ayni bayram arafasida 
yo‘qotib qo‘ydingiz yoki tug‘ilgan kuningizga sovg‘a qilingan kompyuterni avtobusda unutib 
qoldirdingiz. Bunday holatlar sizni qayg‘uga solishi aniq, lekin bu yo‘qotishlarning o‘rnini 
to‘ldirish, tez orada undan ham a’losiga erishish mumkin.
Yoki yillar davomida bir necha dasturlash tilida tuzilgan va testdan o‘tkazilgan dasturlar kodini, 
shaxsiy qiziqishlaringiz asosida to‘plangan ma’lumotlar yozilgan yon daftarchangizni yoki 
olamdan o‘tgan yaqin insonlaringiz rasmlari jamlangan fotoalbomni yo‘qotib qo‘ydingiz. Qayta 
tiklanishi qiyin bo‘lgan yoki umuman tiklab bo‘lmaydigan bunday yo‘qotishlar sizni avvalgidan-
da ko‘proq tushkunlikka soladi.
Agar siz shaxsiy ID-kartangiz, biometrik pasportingiz yoki umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi 
shahodatnomangizni yo‘qotib qo‘ysangiz, nima bo‘lishi mumkin? Chunki bunday hujjatlar 
sizga taalluqli muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. 
Ko‘pchilik davlatlar qatori O‘zbekistonda ham ePasport, ID-karta yoki shunga o‘xshash 
hujjatlarni qasddan yaroqsizlantirish, ehtiyotsizlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish ma’muriy 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 



Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin